18
ta’minlangan prizmatik mustahkamligi, armaturaning cho‘zi-
lishga me’yoriy qarshiligi R
sn
esa uning 0,95 ga ta’minlangan
shartli yoki jismoniy oquvchanlik chegarasi hisoblanadi.
31. Betonning va armaturaning hisobiy
qarshiliklari nima?
Qurilish konstruksiyalari yuk ko‘tarish qobiliyati zaxirasi-
ga ega bo‘lishi kerak, bu esa konstruksiyalarni ko‘plab yoqim-
siz tasodiflardan muhofaza qilib,
bino va inshootlarning uzoq
muddatga chidamliligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham
kesimlarning mustahkamligini hisoblashda me’yoriy emas,
balki undan kichikroq bo‘lgan hisobiy qarshiliklardan foyda-
laniladi. Hisobiy qarshilik quyidagicha aniqlanadi: R = R
n
/,
bu yerda – mustahkamlik bo‘yicha
ishonchlilik koeffitsien-
ti. Beton uchun
b
=1,3, armatura uchun
s
= (1,05...1,2) qabul
qilinadi va ushbu qiymat po‘latning klassiga bog‘liq. Mustah-
kamliklar farqi qancha katta bo‘lsa ning qiymati shuncha kat-
ta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: