Temir-beton armatura beton uchun nimaga kerak?


OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN TEMIR-BETON


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana21.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1375080
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
10 лекция

2. OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN TEMIR-BETON
 
37. Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton nima?
 
Bunday temir-betonga tashqi kuch ta’sir qilguncha, tash- 
qi kuch ta’sir qiladigan paytdagi kuchga ishora bo‘yicha teska- 
ri kuchlanish hosil qilinadi, ya’ni betonda siqiluvchi va arma- 
turada cho‘zuvchi kuchlanishlar hosil qilinadi.
38. Oldindan zo‘riqish qanday hosil qilinadi?
 
Ishchi armaturani oldindan zo‘riqtirish ikki xil usulda amal- 
ga oshiriladi. Birinchi usulda konstruksiyani oldindan beton- 
lanadi va unda kanal qoldirib keyin undan armatura o‘tkazila- 
di. Beton tegishli mustahkamlikka erishgandan keyin armatura 
tortilib, uning uchlari konstruksiyaning chetki qismlariga mah- 
kamlanadi. Armatura tortilish jarayonida beton siqiladi. Tortil- 
gandagi zo‘riqish P betonga uzatiladi va mazkur usulni beton- 
ga tortish deyiladi (13-a rasm).
13-rasm.
 
 
Ikkinchi usulda armaturaning bir tomonini qisqichlarga 
mahkamlab, ikkinchi tomonidan domkrat yordamida tortiladi. 
Beton kerakli mustahkamlikni olgandan keyin qisqichlardan 
bo‘shatiladi. Armatura qisqarish davomida tishlashish kuchi 
hisobiga atrofidagi betonni siqadi (13-b rasm).
Oldindan zo‘riqtirishni kengayuvchi sement yordamida ham 
amalga oshirish mumkin. Beton qotish jarayonida hajmi ortadi


22
va natijada armaturaning uzayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu usul 
nisbatan kam qo‘llaniladi.
39. Temir-betonni oldindan zo‘riqtirishning nima 
foydasi bor?
 
Darzbardoshlik va bikrlik ortadi. Oddiy S va oldindan 
zo‘riqtirilgan S

armaturali balkani solishtiramiz (14-rasm). 
Birinchi balkada (a) F yuk ortishi bilan solqilik f noldan bosh- 
lanadi. Ikkinchi balkada (b) esa F yuk qo‘yilgunga qadar qisuv- 
chi kuchning (R) natijasida solqilikka teskari ishorali botiq- 
lik f
cp 
hosil bo‘ladi. Shu tufayli oldindan zo‘riqtirilgan balkada 
solqilik kamroq bo‘ladi. Undan tashqari oldindan zo‘riqtirish 
yuqori mustahkamlikdagi beton va yuqori mustahkamlikda- 
gi armaturalar qo‘llanilishiga imkon beradi. Bu esa material- 
lar sarfi hamda konstruksiyaning xususiy og‘irligi kamayishi- 
ga olib keladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling