Temir-beton armatura beton uchun nimaga kerak?
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
10 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 47. Armatura tortilganda ular qanday mahkamlanadi
- 18-rasm. 48. Armaturada kuchlanishlar yo‘qotilishi nima
46. B-II, B
P -II, K-7, K-19 klass armaturalarni elektrotermik usulda tortish mumkinmi? Arqonsimon armaturalarni elektrotermik usul bilan zo‘riqti- rish mumkin emas, chunki barcha simlarni bir xilda qizdirish- ning iloji yo‘q. Sim armaturalarni elektrotermik usulda tortish mumkin, lekin maqsadga muvofiq emas. Chunki 350…400 0 C gacha qizdirish bilan 650...700 MPa gacha oldindan zo‘riqti- rishga erishish mumkin. Ushbu armaturalarning mustahkamli- gi esa ancha yuqori. Shuning uchun ushbu armaturalar mexa- nik usul bilan zo‘riqtiriladi. 47. Armatura tortilganda ular qanday mahkamlanadi? Maxsus ankerlar yordamida mahkamlanadi (18-rasm). Ular ko‘p martali inventar qisqichlar (a) va (b) yoki bir marta foy- dalaniladigan ankerlar: kengaytirilgan kallaklar (v), qisuvchi shaybalar (g) va hokazo. Betonga tortilganda turli tizimlarning qo‘zg‘almas ankerlari qo‘llanilib, ular odatda temir-beton ele- mentning ajralmas qismi hisoblanadi. 18-rasm. 48. Armaturada kuchlanishlar yo‘qotilishi nima? Armaturani tortish momentidan boshlab konstruksiya- ga tashqi yuk qo‘yilguncha oldindan zo‘riqtirish qiymati sp 26 ning bir qismi yo‘qotiladi. Buning sabablari: po‘latning kuchla- nishlar relaksatsiyasi, temperaturalar farqi natijasida, ankerlar- ning deformatsiyasi, qiya armaturaning ishqalanishi, qolipning deformatsiyasi, betonning kirishishi, tobtashlashi va hokazo. Armaturadagi kuchlanishga relaksatsiyaning, tobtashlashning va kirishishning ta’siri 14, 5 va 6-savollarda yoritilgan. Faqat bunga qo‘shimcha sifatida ta’kidlash kerakki, tobtashlash beton siqilgandan keyin dastlabki minutlarda namoyon bo‘la bosh- laydi, keyin esa asta-sekin so‘nadi, shuning uchun uni ikkiga ajratilgan: tez rivojlanuvchi, ya’ni beton siqilishi bilan namoyon bo‘ladigan hamda uzoq muddatli, ya’ni ekspluatatsion yuk ta’sir qilguncha davom etadigan. Ankerlarning deformatsiyasi degan- da inventar qisqichlardagi qisman siljishi, anker kallaklarining va shaybalarning mahalliy siqilishi (18-rasm) tushuniladi. Nati- jada armatura qisqaradi va zo‘riqishning bir qismi yo‘qoladi. Qiyalik burchagi qancha katta bo‘lsa, qiya armaturalarda- gi yo‘qotish shuncha katta bo‘ladi. Ushbu burchakning kattali- gi bukuvchi moslamalarga normal bosimning V va ishqalanish kuchining T ortishiga olib keladi (20-rasm). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling