Temir-beton armatura beton uchun nimaga kerak?


Ustunlarda bo‘ylama armaturalarni kichikroq diametrli


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana21.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1375080
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
10 лекция

34. Ustunlarda bo‘ylama armaturalarni kichikroq diametrli 
armatura bilan almashtirish mumkinmi?
 
Ustunlarda bo‘ylama armaturalarni kichikroq diametrli- 
gi bilan ekvivalent almashtirilishi qo‘shimcha ko‘ndalang ster- 
jenlar qo‘yilishini talab qiladi. Ushbu talabning bajarilmasli- 
gi, bo‘ylama armaturaning ustuvorligi yo‘qolishiga, ko‘ndalang 
deformatsiyalar natijasida siqiluvchi betonning buzilishiga va 
natijada ustunning erta buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu- 
ning uchun bunday tadbir qo‘llashdan oldin ustunni qaytadan 
hisoblash lozim.
35. Ayrim joylarda hisob bo‘yicha armatura talab qilinmasa ham 
armaturalash hollari uchraydi. Buning sababi nima?
 
Armatura temir-betonning mustahkamligini oshirishdan 
tashqari uning temperaturaviy va kirishish (hajmiy kichrayish) 
deformatsiyalarini kamaytirishga yordam beradi. Masalan, be- 
tonga qaraganda temir-betonda hajmiy kichrayish deformat- 
siyasi o‘rtacha 2 barobar kam. Betondagi hajmiy kichrayish 
va temperaturaviy deformatsiyalar darzlar hosil bo‘lishi ham- 
da betonning uzoq muddatga chidamliligini kamayishiga olib 
keladi.


20
36. Konstruksiyalarda armaturabop sterjenlar orasidagi masofa 
nima uchun chegaralanadi?
 
Ushbu masofa betonlash sharoitiga bog‘liq. Agar masofa ki- 
chik bo‘lsa yirik to‘ldiruvchining donalari armaturalar orasidan 
o‘tmay, sifatli betonlashga xalaqit berishi mumkin. Betonlash 
sifatsiz bo‘lsa, kesimda zaif joylar hosil bo‘lishi hamda beton 
bilan armaturaning tishlashishi yomonlashishiga olib keladi. 
Shu tufayli me’yoriy hujjatlarda shunday belgilangan: agar be- 
tonlashda armaturalar gorizontal holda o‘rnatilsa, pastki qismi- 
da ular orasidagi masofa 25 mm dan kam bo‘lmasligi, yuqori 
qismidagi armaturalar orasidagi masofa esa 30 mm dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Agar betonlashda armaturabop sterjenlar 
vertikal holda o‘rnatilsa, ular orasidagi masofa 50 mm dan kam 
bo‘lmasligi kerak, har qanday holda ham sterjenlarning eng 
katta diametridan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni bajarish imkoniyati 
bo‘lmasa (masalan, kesim yuzasi kichik yoki armaturalash foizi 
katta bo‘lsa), armaturalarni juft qilib o‘rnatishga ruxsat berila- 
di. Bunday yechim me’yoriy hujjatlarga zid emas.


21
a


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling