Temir beton ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar


Temirbeton ko’priklarning asosiy sistemalari va ularni qo’llanilish xududlari


Download 0.7 Mb.
bet6/11
Sana12.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1261952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
koprikdan mustaqil ish 1

3 Temirbeton ko’priklarning asosiy sistemalari va ularni qo’llanilish xududlari.
Zamonaviy ko’priksozlikda temirbeton ko’priklar kichkina, o’rtacha va eng uzun oraliqlarni yopishda keng qo’llashni topishdi. Ularda xar-xil konstruktiv echimlar va statik sxemalar qo’llanilmoqda: to’sinli, ramali, arkali va aralash sxemali.
Uzlukli, uzluksiz va konsolli sistemali to’sinli ko’priklar keng qo’llanilmoqda. Uzkli to’sinli ko’priklar (2.a. rasm) 42 m gacha bo’lgan oraliqlarni yopishda qo’llaniladi. Uzluksiz sistemalar o’zining bikrligi va oraliq qurilmaga vaqtinchalik yuklar tasirida deformatsiyaning kamligi bilan xarakterlanadi. Uzluksiz to’sinli ko’priklar (2.b rasm) 33m dan 147m gacha oraliqlarni yopishda qo’llaniladi. Lekin uzluksiz sistemalar tayanchlarni cho’kishini yuzaga kelmaydigan xollarda qo’llaniladi. Uzluksiz to’sinli oraliq qurilmalarda tayanchlarni cho’kishi qo’shimcha katta miqdordagi kuchlanishlarni paydo bo’lishiga olib keladi va bu ko’prikni qulashiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda quruvchilar xar-xil gruntli sharoitlarda tayanchlarni cho’kishini bartaraf etishi natijasida uzluksiz to’sinli sistemalar keng qo’llanilmoqda.
Konsolli sistemalarda (2.в rasm) oralig’i bo’lgan osilgan oraliq qurilma asosiy sistemaning konsol uzunligi ga tayanib turadi. Konsolli sistemalarda kuchlarning taqsimlanishi uzluksiz sistemanikiga yaqin bo’ladi, ammo bikrligi kam bo’lib, yuklar ta’sirida konsolda osilib turuvchi oraliq qurilmani tutashuvchi qismida egiluvchi chiziqlarda sinishlar paydo bo’ladi. Konsolli sistemaning statik aniqlanishi natijasida tayanchlarning cho’kishi natijasida oraliq qurilmalarda qo’shimcha zo’riqishlar yuzaga kelmaydi. Shunga qaramasdan xozirgi vaqtda konsol sistemasi qo’llangan ko’priklarni asosiy va osilgan oraliq qurilmaning bog’langan joyi juda murakkab bo’lganligi uchun qo’llanilmaydi.
Konsolli va uzluksiz sistemali ko’priklar tayanchlari ularni markaziy yuklanishi ustiga bittadan tayanch qismi joylashganligi sababli kengligi, uzlukli ko’prik tayanchlarini kengligidan kam bo’ladi.
Oddiy rama sistemali ko’prik (2.g. rasm) 30-60 m gacha bo’lgan oraliqlarda qo’llaniladi. Oraliq qurilmalar tayanch bilan birgalikda ishlaganligi uchun oraliq qurilmalarga tasir etuvchi eguvchi momentlar kamayadi. Bu oraliq qurilmaning qurilish balandligini qisqartirish imkonini beradi. Qiya ustunli romli ko’priklar eng ko’p tarqalgan(2.d rasm). T shaklidagi ramali ko’priklar ham ko’p tarqalgan: rama- to’sinli va rama – konsolli. Rama- to’sinli (3.a rasm) ko’priklar sistemalari ramani va oraliq qurilmalarning oshiq- moshiqli birlashtirilishidan xosil bo’ladi. Bunday sistemalarning oralig’i 40 m dan 150 gacha bo’lishi mumkin. T shaklidagi romlarni rigellarida faqat manfiy momentlar yuzaga keladi, unga oraliq qurilmalarda esa – faqat musbat momentlar. Bu romlarni tayanchlari vertikal kuchlar tasirida asosga vertikal kuch va eguvchi momentni uzatadi.

2.rasm To’sinli (a-v) va ramali (g,d) ko’priklar turlari
Rom- konsolli sistmalarda (3.b rasm) T-shaklidagi romlar bir-biri bilan oshiq-moshiq orqali biriktirilgan. Bunday sistemalarni 60dan 200 gacha bo’lgan oraliqlarda qo’llaniladi. Bunday sistemalarning tayanchlari asosga qo’shimcha gorizontal kuchlarni uzatadi. Romlar konsollari yaxlit betondan tayyorlanishi mumkin, bu xolatda oralig’i 250 m gacha bo’lgan ko’p oraliqli romli sistemalar xosil bo’ladi.
Ko’rib chiqilgan romli sistemalarni osma usulda yaxlit betonlash va qismlarini osma usulda yig’ish mumkin.
Rossiyada rom konsolli ko’priklarni mahsus turrlari qurilgan (3.v rasm) Tshaklidagi romlar 2ta yarim arkadan iborat bo’lib, yurish qismi satxidan tortib bog’langan. Bunday sistemali ko’priklarda oraliq uzunligi 120ga etgan. Tayanch asosi mustaxkam gruntga ega bo’lsa, arka sistemali ko’priklarni qo’llash mumkin. (4a rasm) temirbeton ko’priklarda arkalar bilan 50m dan 390m gacha oraliqni yopish mumkin. Bu ko’priklarning tayanchlari xosil bo’lgan sezilarli gorizontal reaksiyalarni qabul qilganligi sababli, tayanch poydevorini kuchaytirish kerak bo’ladi. Arkalar siqilishga ishlaydi, bunda temirbetonning mustaxkamligi yaxshi samara beradi.

3.rasm Ramali-to’sinli (a) va ramali konsolli (b,v) ko’priklar sistemalari

4.rasm Ekstrodozli (b) to’sinli (a) oraliq qurilmaga nisbatan solishtirilganda va vantli (v)
Oxirgi o’n yillikda temirbeton ko’priklarda vantli sistemalarni (4.b rasm) qo’llanilmoqda. Ular qiya tortilgan pilonni cho’qqisiga maxkamlangan po’lat arqonlarda ushlab turiladigan bikr temirbeton to’sinlarni ushlab turadigan qismlardan iborat. Vantlar faqat cho’zilishga ishlaydi, ular bikr to’sin uchun egiluvchi tayanch vuludga keltiradi, bu bilan uning ishlashini osonlashtiradi. Devor ustun asosan siqilishga ishlaydi. Bunday sistemadagi bikr temirbeton to’sinli ko’priklarni oralig’i xozirgi vaqtda 400m gacha etkazildi.
Oxirig o’n yillikda dunyo ko’prik qurilishida ekstradoz (5.b rasm) odatiy oldindan zo’riqtirilgan temirbeton oraliq qurilmalarni o’rtasiga joylashadigan (5a rasm) yaxlit temirbetondan tenglashtirib betonlash (yoki yig’ish) usulida va vantli (5.v rasm) oraliq qurilmalar bilan birgalikda barpo etiladigan temirbeton oraliq qurilmalarni qo’llash tarqalmoqda. Ularning asosiy xossasi zo’riqtirilgan armaturani tashqari joylanishi va ustunning balantligini nisbati oraliq uzunligiga
(0,1) vantli oraliq qurilmalardagi zo’riqtirilgan elementlar materiali mustaxkamligi qo’llash imkoniyati samarali bo’ladi, chunki ular faqat oraliq qurilmani qisqartirish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy temirbeton ko’priklar yig’ma va yaxlit usulda quriladi. Xar-xil usulda yaxlit betondan quriladigan ko’priklar metall qolipli jixozlarni qo’llab quriladi. Yig’iladigan ko’priklar zavodlarda yoki maxsus maydonlarda tayyorlangan elementlardan yig’iladi. Yaxlit ko’priklar yig’iladigan ko’priklarga nisbatan ishonchli biroq qurilish surati yig’ma ko’priklarnikidan kam. Yig’ma ko’priklarni qo’llanilishi, qurilish suratini oshirish imkonini beradi, qurilish maydonidagi ish xajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, oraliq qurilmalarni yozgi mavsumda ham, qishgi mavsumda ham yig’ish mumkin, bu Rossiya sharoitlari uchun muxim axamiyatli ustunlik hisoblanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling