Temir beton ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar
Piyodalar yo’lagi va to’siqlarning konstruksiyalari
Download 0.7 Mb.
|
koprikdan mustaqil ish 1
Piyodalar yo’lagi va to’siqlarning konstruksiyalari. Oraliq qurilmaning piyodalar yo’lkasi- ko’prik ko’tarmasining bir qismi bo’lib, piyodalarning xavfsiz xarakati uchun mo’ljallangan. Piyodalar yo’lagi ko’prikning xar ikki tomonida mavjud bo’lib uning tashqi tomoni to’siqlar bilan ximoyalanadi. Piyodalar yo’lagi kengligi piyodalarning xarakat jadalligi eng avjiga chiqqan vaqtdagi hisobi, bunda piyodalar yo’lagining 1m kengligi uchun 1soat ichidagi o’tkazish qobiliyatining 2000 odam deb hisoblanadi.
To’siqlar –(g’ovlar) ko’prik ko’tarmasining konstruktiv qismi bo’lib, u yurish tasmasining chekkalariga o’rnatiladi, u transport vositalarini o’tish tasmasidan chiqib ketishini oldini oladi va transport vositalarining o’tish tasmasiga kirishdagi harakat traektoriyasini izga soladi. U beton, temirbeton va metaldan bo’lishi mumkin. Tuzilmasi bo’yicha ustunlar, ularga maxkamlangan, qoplama yuzasidan biroz ko’tarilgan gorizontal to’sin yoki kesimli po’lat tasma yo ikki quvurdan tashkil topgan to’siqli g’ov turi, turli shakldagi temirbetonning devor ko’rinishida bajarilgan parametli to’siq turi mavjud. Shahar yo’lidagi ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarda to’siqning balandligi I-III toifali yo’llarda to’siqli g’ov uchun 0.75m dan kam bo’lmaydi, 0.6 parapetli to’siq 0.6m dan kam bo’lmasligi kerak. Piyodalar yo’lkasining konstruksiyasi to’siq konstruksiyasining belgilaydi. Amaldagi namunali loyihalarda ularning 3ta variantini birgalikdagi echimi ko’zda tutilgan. Birinchi usulda (7a rasm) piyodalar yo’lkasi va to’siqli g’ovlar, yig’ma temirbeton bloklardan qilingan, unda piyodalar yo’lkasi va to’siqli g’ovlar vazifasini birlashtiradi. Bloklar o’tish qismi tosh taxtasiga, o’tish qismining tosh taxtasi va bloklarigaga o’rnatilgan metal listga(закладной детал) payvanlash orqali biriktiriladi. Bunday piyodalar yo’lkasi to’shamasiga qalinligi 40mmdan kam bo’lmagan sementbeton yotqiziladi. Shahar tashqarida joylashgan axoli yashaydigan joylardagi ko’priklar piyodalar yo’lkasining blogini yuzasi silliq bo’lsa unga to’shama yotqizilmaydi. Ikkinchi variantda (7rasm) metal to’siqlar maxkamlanadigan temirbeton yig’ma bloklar o’rnatiladi. Bunda piyodalar yo’lkasining to’shamasi 1 variantdagidek yotqiziladi. Uchinchi variantda (7.vrasm) piyodalar yo’lkasi konsol toshtaxtasining ustiga joylashtiriladi metall to’siq, g’ov ham unga o’rnatiladi. Bunda to’shamaga temirbeton blok qo’yilmaydi, oddiy qalinligi 60mm bo’lgan sementbeton qoplamasi yotqiziladi. Bo’luvchi tasmadagi to’siq quyidagi xollarda ko’zda tutiladi; agar ko’prikka kirishda bo’luvchi tasmada yoritish yoki ulanish tarmog’ining tayanchi joylashgan bo’lsa, bo’luvchi tasmaning konstruksiyasi transport vositalarini undan chiqib ketishiga hisoblangan bo’lsa. Bo’luvchi tasmadagi to’siq konstruksiyasi, piyodalar yo’lkasi konstruksiyasi bilan bir-xil bo’ladi. (8rasm). 7.rasm Piyodalar yo’lkasi va panjaralarning Birgalikdagi zamonaviy echimi variantlari(a-v) 8.rasm To’siqlar va bo’luvchi tasmalar bloklari To’siqlarning konstruksiyasi transport vositalarining ko’prikni tushiib ketishiga qarshilik ko’rsatishi, piyodalar xarakat xavfsizligi taminlash uchun piyodalar yo’lkasida sharoit yaratish, ko’priklarning yuk ko’tarish konstruksiyalari zararlanishdan saqlash va to’siqning zararlangan qismlarini tezda almashtirish yoki to’g’rilash uchun qulay bo’lishi kerak. To’siqning yana bir turi piyodalar yo’lakchasining chetidagi panjara. U piyodalar xarakat xavfsizligini ta’minlagan xolda, ko’prik arxitektura ko’rinishini ifodalaydi. Temirbeton ko’priklarda panjarani, temirbetondan, qo’yilgan qugundan yoki metal payvandlab birlashtirilgan to’r shaklidagi prokatlardan tayyorlanadi. 9 rasmda metal pangjarali to’siqning konstruksiyasini amaldagi namunaviy loyixa bo’yicha taklif etilgan panjara ko’rsatilgan. Uning yuqori qismi, 6x4 tagi 100x63x8 burchakli profil, ularni diametri 26mm li sterjenlarni oralig’i 150mm qilib payvandlab birlashtirilgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling