Temir beton ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar
rasm Chetki metall parjaraning blogi
Download 0.7 Mb.
|
koprikdan mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv qochirish.
9.rasm Chetki metall parjaraning blogi:
1-Quvirdan yasalgan yuqori qismi; 2-yumaloq metal bilan oraliqni to’ldirish; 3-urchakdan yasalgan pastki qismi Panjara bloklarini piyodalar yo’lkasining chetki qismiga ularda mavjud bo’lgan maxkamlash uchun qo’yilgan metall plastinkaga payvandlab maxkamlanadi. Panjara va metall to’siqlarni korroziyadan saqlash uchun ular yuzasini organosilikat materiallari va moybo’yoq bilan bo’yaladi. Suv qochirish. Temirbeton konstruksiyalarning atrof-muxit tasirida joylashgan qismlari qolgan qismlariga nisbatan tez ishdan chiqadi, beton emiriladi, armatura korroziyaga uchraydi. Temirbeton ko’prik konstruksiyalarini nam o’tkazmaslikdan himoyalashdan tashqari o’tish tasmasi va piyodalar yo’lkasidan suv qochirishni amalga oshirish kerak. Suvlarni tez qochirish uchun o’tish tasmasiga va piyodalar yo’lkasiga bo’ylama (5% kam bo’lmagan) va ko’ndalang (20% kam bo’lmagan) qiyalik beriladi. Bo’ylama qiyalikni 10%ga oshirishga loyiha meyorlarida ko’ndalang qiyalikni kamaytirish hisobiga, bunda qiyalikning geometrik yig’indisi 20% kamaytirmaslik sharti bilan bajariladi. Yog’ingarchilikning xajmi va suv qochirish shartlari asosan har-xil suv qochirish usullari qo’llaniladi. Agar ko’prik konstruksiyasi tagida xech qanday konstruksiya joylashmagan bo’lsa unda piyodalar yo’lagida tartibga solinmagan suv qochirish amalga oshiriladi. U o’tish qismi va piyodalar yo’lkasida bir xil ko’ndalang nishablikni ta’minlagan xolda bajariladi.(10.a rasm). Oraliq qurilmani chekka qismlari nam tortmasligi uchun, bu holatda piyodalar yo’lkasining konsol qismida tomchilashni amalga oshiradigan (sleznik)-1 qo’llaniladi. Agar ko’prikdagi suvlarni erkin qochirish imkoniyati bo’lmasa, unda tartibli suv qochirishni amalga oshiriladi, aniqlangan joylarga suv qochirish quvurlari joylashtiriladi.(10.b rasm) suv qochirish quvurining tepasi suv qochiriladigan yuza satxidan 1sm dan kam bo’lmagan miqdorda pastga joylashtiriladi. Piyodalar yo’lagi va o’tish tasmasi to’shamalaridan kelgan suv o’tkazmaydigan qatlamga yig’ilgan suvlar ham shu quvurlar orqali pastga tushiadi. Buning uchun suv o’tkazmaydigan qatlamning to’shamasi suv qochiruvchi quvurning og’ziga voronkasimon tarzda ichiga kirgiziladi. 10.rasm Suv ketkazish sxemasi a- piyodalar yo’lkasi orqali; b- quvirchalar orqali; 1- tomchilovchi moslama; 2- g’ovak rezina; 3- mumsimon modda; 4- suv qochiruvchi quvircha; 5- Yurish qismi to’shamasi Suv qochirish quvurlarining ichki diametri 150mm dan kam bo’lmasligi kerak. Avtomobil yo’lidagi va shahar ko’priklaridan suv qochiruvchi quvurlar oraliqning eni bo’yicha, o’tish tasmasidagi nishablikka bog’liq bo’ladi. Ular 6m kam bo’lmagan ko’ndalang nishablikda 5% va 12m kam bo’lmagan 5-10% nishablikda joylashtiriladi. Quvurlar soni bitta oraliqda 3dan kam bo’lmasligi kerak. Agar suvni ko’prik chegarasidan tashqariga qochirish kerak bo’lsa unda poslardan foydalaniladi, to’suvchi g’ovlar yoki ajratuvchi tasmalar yoniga joylashtiriladi. Bunday xollarda ko’prikka kirishda yo’l ko’tarmasi yon bag’irlari va yo’l yoqasini va temirbeton novlar qo’yib xosil bo’lgan suvlarni chetlatish kerak. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling