Temir beton ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar
Ko’priklarda qo’llaniladigan betonlarni suvdan himoya qilish uchun ishlatiladigan materiallar
Download 0.7 Mb.
|
koprikdan mustaqil ish 1
Ko’priklarda qo’llaniladigan betonlarni suvdan himoya qilish uchun ishlatiladigan materiallar. Ko’prik oraliq qurilmasi va tayanchlari betoni atrof muxitdagi namlikdan va sizib chiquvchi suvlardan himoyalanadi buning natijasida beton buzilishlar bo’lmaydi, armaturani zanglashdan saqlaydi.
Ko’prik qurilishida qo’llaniladigan suvdan himoyalovchi materiallar, surtaladigan va elimlanadigan turlarga bo’linadi. Surtaladigan himoyada sovuq bo’yash va issiq suyuqlik surtash amalga oshiriladi. Sovuq bo’yashda og’ir benzin yoki kerosinda yondirilgan III va IV markali bitum, huddi shunday qatronli laklar xam qo’llaniladi. Sovuq bo’yash birinchi qatlam bo’lib, uning orqasida 2-3 mm qalinlikda issiq surtishni amalga oshiriladi. Issiq surtiladigan maxsus mumsimon material - bitumning mayda asbest tolali qorishmasi hizmat qiladi. Suvda elimlab himoyalovchi materiallar sifatida asosi butun bo’lgan o’ramalar va asosi sintetik rezina bo’lgan yangi materiallar ishlatiladi(butilkauchuklar). Bitum asosli oddiy o’rama material ruberoid hisoblanadi. U o’rtacha himoya sifatiga ega bo’lib, qog’ozni bitum asosida siqilgani uchun ko’p ishlamaydi. Gidroizolning suv o’tkazmaslik hususiyati yuqori bo’ladi. Gidroizolning ham asosi bitum hisoblanib, u asbestli yoki sellyulozali kartondan tayyorlanadi. Ko’p xizmat qilishi va suv o’tkazmaslik qobiliyati yuqori bo’lganligi uchun gidroizol ko’priksozlikda keng qo’llaniladi. Shisha qatlamli (gidrostekloizol) suvdan himoyalovchi o’rama ham qo’llaniladi, uning asosi shisha gazlama bilan armaturalangan. Uning mustaxkamligi ishqorli muhitda o’ylantiradi. Eng yaxshi suv o’tkazmaslik hususiyatga va texnologik o’sishga ega bo’lgan falgoizol, qalinligi 3mm bo’lgan tekis va taram-taram alyuminiy asosli o’rama. Folgoizoldan alyuminiy ustun, yopishda bitum rezinali suyuq mum qo’llaniladi. Suv o’tkazmaslik qobiliyati bo’yicha u hamma materiallardan ustun turadi va boshqa materiallardan qiymati baland. Folgoizolni faqat kata ma’suliyatli inshootlarda qo’llaniladi: kattaroq ko’priklar va tonnellarda. Bitumli suv o’tkazmaydigan o’rama materiallar bilan ishlashning asosiy yo’li – albatta betonni bir marta bo’yab mastikasiz elimlash. Bitum bilan bo’yalgan bzani eritish uchun elimlanayotgan materialni kengligini qoplovchi isituvchi qizdirgichlar ishlatiladi. Bitumli suv o’tkazmaydigan materiallar qo’llanilganda issiqlikni cheklanish yangi suv o’tkazmaydigan materiallarni ishlab chiqish zarurati paydo bo’ldi. Avtomobil ko’priklarini himoyalashda butgizol materiali ishlab chiqildi – elastik sovuqqa chidamli (-70 sovuq) asosi butilkauchik bo’lgan rezinaga o’hshash material. Rezinaga o’hshash o’rama materiallar saqlanayotgan sovuq mastika yoki elim bilan yopishtiriladi. Kelajakda qog’oz ko’rinishdagi polivinilxlorid, polipronilen, va polietilen sintetik material qatlamlarini himoyalovchi sifatida ishlatishning maqsadga muvofiq bo’ladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan izoplast, mostoplast va dol’mostoplast o’rama materiallarini yangi texnologiyasini tajribada tekshirishdan o’tgan va keng qo’llanilmoqda. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling