"Texnik mexanika" fanidan ta’lim texnologiyasi "Texnik oliy ta’lim


muvozanatlashgan kuchlar sistemasi


Download 80.59 Kb.
bet7/13
Sana30.01.2024
Hajmi80.59 Kb.
#1816968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Texnik mexanika fanidan ta’lim texnologiyasi Texnik oliy ta’l-fayllar.org

muvozanatlashgan kuchlar sistemasi
yoki nolga 
ekvivalent bo’lgan kuchlar sistemasi deb ataladi.
5. Agar byerilgan kuchlar sistemasi bitta kuchga ekvivalent bo’lsa, bu kuch teng 


ta’sir etuvchi kuch deb ataladi.
Moduli bo’yicha teng ta’sir etuvchiga teng bo’lgan, yo’nalishi bo’yicha unga 
qarama-qarshi
va u bilan bir to’g’ri chiziqda yotuvchi kuchni, 


muvozanatlovchi
kuch deb ataladi.
6. Bir jismga (
yoki bir necha jismlarga
) ta’sir etayotgan kuchlar ikki turga, ichki va
tashqi kuchlarga bo’linadi. Boshqa jismlarni shu jismga ta’sir kuchlari 


tashqi 

kuchlar
deb ataladi. Bir jism (yoki jismlar sistemasi) qismlarining, o’zaro 
ta’sirlarini

ichki kuchlar
deb ataladi. 
7. Jismning bir nuqtasiga ta’sir etadigan kuchni

markazlashgan kuch
deyiladi. 
Jismning butun hajmi bo’yicha, yoki ma’lum yuzacha bo’yicha ta’sir etuvchi
kuchlarni 


tarqalgan (yoyilgan) kuchlar
deb ataladi. 
Markazlashgan kuch tushunchasi shartli tushuncha hisoblanadi, chunki aslida har
qanday kuch jismga birorta yuza (yoki yuzacha) orqali ta’sir etadi, uni bir 
nuqtaga qo’yishlikning iloji yo’q. Mexanikada markazlashgan (yig’ilgan) kuch
tushunchasi umuman olganda juda kichkina yuzachaga jamlangan holda 
bo’ladilar.
Masalan, xususiy holda og’irlik kuchini olaylik, aslida bu kuch jismning har bir 
zarrachasiga ta’sir etadigan kuchlarning yig’indisidan iborat. Hamda bu
kuchning ta’sir chizig’i, shu 


jismning og’irlik markazi 
deb atalgan 
markazidan o’tadi.

S t a t i k a n i n g a s o s i y m a s a l a l a r i: 
1) Qattiq jismga ta’sir qilayotgan kuchlar sistemasini unga ekvivalent bo’lgan 
boshqa kuchlar sistemasi bilan almashtirish; baozi hollarda ularni sodda
holdagi kuchlar sistemasiga keltirishlik;
2) Qattiq jismga ta’sir etayotgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlarini
aniqlash; - lardan iborat bo’ladi. 
Statikaning masalalarini geometrik shaklda (geometrik yoki grafik usulda) yoki
matematik hisoblash (analitik) usuli bilan echiladi. Geometrik usullar tasvirli 
ravishda, ancha tushunarli bo’lishiga qaramasdan, biz quyida asosan analitik
usuldan ko’proq foydalanamiz. 
Nazariy mexanikada jismlarning ikki xil holatlari o’rganiladi. Birinchi
navbatda moddiy nuqta yoki qattiq jismlarning harakatsiz (


birorta sanoq 

sistemasiga nisbatan harakatsiz
) yoki muvozanat holatlari o’rganiladi.

Muvozanat holat deb


, biror jismning boshqa jismlarga nisbatan tinch 
holatiga, masalan, Yerga nisbatan harakatsiz holatiga aytiladi. Jismning muvozanat
holati uning qattiq jism, suyuqlik va gazsimon holatda bo’lishligiga ham bog’liq 
bo’ladi. Suyuq va gazsimon jismlarning muvozanatlik shartlari gidrostatika va
aerostatikaga oid fanlarda o’rganiladi. Umumiy mexanika kursidagi statika 
qismida, asosan, faqat qattiq jismlarning muvozanat shartlari o’rganiladi.
Bunday masalalarni 


statik masalalar
deyiladi. Agar 


moddiy nuqta yoki 

qattiq jism birorta kuchlar sistemasi ta’sirida harakatda bo’lsa uning harakat 

qonuniyatini o’rganuvchi qism dinamika deb ataladi.
Statika qismini o’rganishni statika aksiomalaridan boshlanadi. 


Aksioma 

degan so’z (grek) yunon tilidan olingan bo’lib, uning o’zbekchaga tarjimasi isbot 

talab qilinmaydigan oddiy haqiqat degan ma’noni anglatadi.
Ular uncha ko’p 
emas, biz faqat 4-ta aksiomaga asoslangan holda statika qismini o’rganamiz.


Download 80.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling