Yuqoridagi tariflarning barchasi qattiq, ya’ni o’zgarmas jismlarni o’rganishga
qaratilgan.
Oddiy jismlar biror bir kuch ta’sirida o’zgarishini bilamiz. Ammo bu o’zgarishlar
juda kichik bo’lib, ular harakat muvozanat holatiga kam ta’sir etadi.
Mexanika tabiiy fani hisoblanadi, chunki u tabiat hodisalarini o’rganadi.
Ko’pgina inshootlar mexanikasidagi misollar matematik isbotlarga tayanganligi
sababli matematika fani bilan ham bo’liq deyishadi. Boshqa bir tomondan
qaralganda mexanika mavhum yoki aniq fan emas u amaliy fan hisoblanadi.
Nazariy mexanika fizik jismlarning oddiy harakatini, ya’ni mexanik
harakatni o’rganadi. Mexanik harakat deb, shunday hodisaga aytiladiki, unda
jism yoki jismning bir qismi o’zining holatini boshqa jism sanoq tizimi yordamida
aniqlashi tushuniladi.
1
Nazariy Mexanikaning asosiy tushunchalari
Kuch
– Mexanik o’zaro ta’sir o’lchovi. Kuch vektor kattalik bo’lib, yo’nalishi,
kattaligi (moduli) va qo’yilgan nuqtasi bilan harakterlanadi
Jismning kinematik holati –
Teng yoki o’zgarmas parametrlar bilan harakat
holati.
Kuchlair sistemasi –
Qaralayotgan obyektga qo’yilgan kuchlar to’plami.
Teng ta’sir etuvchi–
Kuchlar sistemasiga ekvivalent bo’lgan kuch bo’lib, (obyekt)
jismning kinematik holatini o’zgartirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: