Texnologik qism
Download 0.82 Mb.
|
texnalagik qism
I.TEXNOLOGIK QISM
1.1. Paxta o‘simligining, tolasi va momig‘ining tuzilish va davlat standartlar Paxta tolasi deb, g‘o‘za o‘simligi urug‘i (chigiti) tukli qoplamidan ajratib olinadigan tolalarga aytiladi. Gʻo‘za bo‘yi 120sm gacha boradigan bir yillik o‘simlik. Ildiz sistemasi kuchli bo‘lib, poyalari to‘g‘ri o‘sadi va ko‘p shoxlaydi. Poya va shoxlari oddiy tukchalar bilan qoprlangan, bir talay qora xollari bo‘ladi. Barglari navbatma-navbat joylashgan, yirik, dumaloq yoki buyraksimon shaklda, yirik bandli. Gullari aksari och-sariq rangda bo‘lib, diametri 7 sm gacha boradi, gul bandlari bor. Mevasi uch yoki besh pallali bo‘lib, ochiladigan tuxumsimon yoki dumaloq kosak. Urug‘lari qora-qo‘ng‘ir tusli chigitlardir, ular juda ko‘p oq, ba’zan qaymoqrang tolalar bilan qoplangan. Tolasining 95% gacha qismi syellyulozadan iborat, unda oqisl va qatron moddalar, qattiq yog‘lar, erkin stearinlar bor. Terilgan paxtaning massa bo‘yicha 35-40% tola va taxminan 60-65% chigit bo‘ladi. Tabiatan g‘o‘za ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, hayotining birinchi yilida hosil beradi. Texnik terminlarda chigitdan ajratilmagan tola – paxta xomashyosi deb, chigitdan ajratib olingan tola esa paxta tolasi deb yuritiladi. Hozirgi paytga kelib g‘o‘zaning 35 navi mavjud bo‘lib, ulardan to‘rttasi ho‘jalik ahamiyatga ega hisoblanadi, ya’ni: Tukli; Barbadoss; Butasimon; Darahtsimon. O‘zbekistonda paxtaning tukli va babadoss turlari keng tarqalgan. Bularga ingichka tolali (barbadoss) va o‘rta tolali (tukli) g‘o‘zalar misol bula oladi. Yurtimizda butasimon va darahtsimon g‘o‘za turlari faqatgina seleksion nav yaratishda qo‘llanilib kelinmoqda. 100 kg chigitli paxtadan 34 – 35 kg tola, 55 – 57 kg chigit, 5 – 12 kg lint olinadi. 1 gektar (ga) yerda yetishtirilgan paxtadan (hosildorlik o‘rtacha 30 syenter bo‘lganda) 7 – 8,5 ming metr gazlama, 277 kg paxta moyi, 726 kg kunjara, 47 kg sovun, 108 kg momiq, 240 kg chigit va boshqa mahsulotlar olinadi (1.1-jadval). 1.1-jadval Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling