Texnologik qism
Download 0.82 Mb.
|
texnalagik qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.Paxta momig‘ini tozalash texnologiyasi
- 1.4.Paxta momig‘idan syellyuloza olish bosqichlari
(C6H10O5)n + H2O → nC6H12O6
Eng toza syellyuloza paxta momig‘idan olinadi. Paxta momig‘idan syellyuloza olish uchun u ishqorning 1,5 % eritmasida 3-4 atmosfera bosimi ostida 4 – 6 soat qaynatiladi va so‘ngra yuviladi va natiriy gipoxlorit yoki vodorod peroksid eritmasi bilan oqartiriladi. Bunday usul bilan tozalangan paxta momig‘i tarkibida 98 – 99 % syellyuloza bo‘ladi 1.3.Paxta momig‘ini tozalash texnologiyasi Paxta momig‘i – syellyuloza ishlab chiqarish uchun asosiy hom ashyo hisoblanadi. Paxta momig‘i paxta tozalash zavodlaridan keltiriladi. Paxta momig‘i tolalarning uzunligi bo‘yicha ikki tipga bo‘linadi tip A – 7 – 8 mm va undan uzun; tip B – 6 – 7 mm va undan qisqa. Tashqi ko‘rinishi, rangi va pishib yetilishi bo‘yicha paxta momig‘i I va II navlarga bo‘linadi. Tashqi ko‘rinish tasdiqlangan namunalarga mos kelishi kerak. Mexanik qo‘shimchalar: sheluxa, chigitlar, yog‘och zarrachalari, qum, toshlar, metall qo‘shimchalar. Paxta momig‘ini mexanik tozalashni quruq va ho‘l (suvda) usullarda tozalash mumkin. Quruq usulda ifloslik darajasini 3 % gacha tozalash mumkin, ho‘l usulda – 2 % gacha tozalash mumkin. Quruq usul tanlanadi. Quruq usulda tozalash maxsus apparatlarda bajariladi. 1.4.Paxta momig‘idan syellyuloza olish bosqichlari O‘zbekistonda paxta syellyulozasi, asosan ikki xil texnologiya asosida olinadi. Har bir texnologiyada qo‘llaniladigan apparat va qurilmalarda qisman o‘xshashlik va farqlar bor. Har ikkala texnologiya bo‘yicha texnologik qurilmalar, ularning texnik xarakteristikasi va qisman texnologik chizmalari keltiriladi. Farg‘ona furan birikmalari kimyosi zavodida paxta momig‘ini pishirish davriy usulda o‘tkazilib, paxta syellyulozasini ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zlashtirilgan. Yangiyo‘l qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasida esa paxta momig‘ini uzluksiz usulda pishirish texnologiyasi o‘zlashtirilgan. Paxta momig‘i tarkibida mexanik va yo‘ldosh qo‘shimchalar mavjud. Mexanik qo‘shimchalarni paxta momig‘idan quruq yoki suvli suspenziya holiga keltirilib tozalanadi. Mexanik qo‘shimchalarga sheluxa, chigit, chanoq bo‘lakchalari va xashak; noorganik – qum, tosh, metall bo‘lakchalari kiradi. Yo‘ldosh qo‘shimchalarga – proteinlar, pektinlar, efirlar, moysimon moddalar kiradi. Birinchi bosqichda mexanik qo‘shimchalar ajratiladi, ikkinchi bosqichda – syellyuloza yo‘ldosh qo‘shimchalardan tozalanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling