Texnologik qism


Paxta momig‘ini qirqish, yuvish va massani oqartirish


Download 0.82 Mb.
bet7/12
Sana30.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1735139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
texnalagik qism

2. Paxta momig‘ini qirqish, yuvish va massani oqartirish. Sig‘imda saqlangan massa II Bi – Vis mashinasiga beriladi. Bu mashinada massa yuviladi, oqartiladi va qirqiladi. Bu maqsadlar uchun, shnek profili to‘rt zonada siqiladi (siljish deformatsiyasi), massa mashinadan o‘tish uchun, to‘rt juft shnek elementlarida teskari qadam yo‘nalishini tashkil etadi.
Natijada oqartirish jarayoni qulay o‘tadi va tolalarning uzunligi tegishli o‘lchamda qirqiladi.
Yuvish uchun, dastlab yuvadigan suv massaga, mashinaning kirish qismiga, ikki marta yuvish uchun esa ikkinchi va uchinchi zona siqish qismlariga beriladi.
Massani yuvish uchun shnek pressdan ajralib chiqqan suvdan foydalaniladi.
Yuvish natijasida hosil bo‘lgan suyuq chiqindilar, birinchi, ikkinchi va uchinchi zonalarda siqishda mashina korpusida joylashgan filtrlar orqali chiqariladi. Statik filtr orqali tozalangan tolalar ikkinchi yetiltirish sig‘imiga beriladi.
Oqartiruvchi reaktivlar 42 – 44 % li natriy ishqori va 30 % li vodorod peroksid eritmalarini me’yorlab uzatuvchi nasos orqali mashinaning to‘rtinchi zonasining old tomonidan beriladi. Oqartirish uchun, tolalarga nisbatan ishqor 1...2 %, vodorod peroksid – 2...5% sarflanadi.
Oqartirilgan massa, ikkinchi Bi – Vis mashinasidan ikkinchi yetiltiruvchi sig‘imini beriladi. Bu sig‘imda 90 minut davomida oksidlanish reaksiyaning to‘liq o‘tishi ta’minlanadi.
3. Oqartirilgan massani yuvish. Oqartirilgan massa ikkinchi yetiltiruvchi sig‘imdan suyuqlashtirish sig‘imiga beriladi. Bu sig‘imga massa konsentratsiyasini 3 % ga yetkazish uchun aylanma suv va qurilmani yuvish uchun toza suv, hamda neytrallash uchun me’yorlovchi nasos bilan konsentrlangan sulfat kislota beriladi. Massa avval suyultiriladi. So‘ngra massa shnek presslar yordamida massa 35 % quruqlik darajasigacha suvsizlantiriladi.
4. Oqartirilgan massani suyultirish. Shnek-pressdan massa 35 % quruqlikda chiqib, suyultirish havzasiga tushadi. Bu yerda massa aylanma suv bilan aralashtirilib, konsentratsiyasi 3 % ga yetkaziladi. So‘ngra, massa nasos bilan 150 m3 lik aralashtirgichli havzaga (saqlash uchun) yuboriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling