Texnologik qism


Paxta momig‘ini mexanik tozalash


Download 0.82 Mb.
bet8/12
Sana30.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1735139
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
texnalagik qism

Paxta momig‘ini mexanik tozalash


Paxta momig‘ini Bi-Vis mashinasida pishirish va oqartirish texnologiyasining prinsipial sxemasi

Paxta momig‘ini tozalash va transportirovka qilish.Toylarda paxta momig‘i 4 ta qurilma orqali o‘ralgan o‘ramalaridan yechiladi (2-rasm) va ikkita markazdan qochirma siklonli separatorlarga uzatiladi, unda og‘ir chiqindilardan tozalanadi, so‘ngra titib-tozalagich qurilmasiga uzatiladi va unda tozalanadi. Tozalash vaqtida ajralib chiqqan chang, ventilyator orqali so‘rib olinib, havoni filtrlovchi qurilmaga beriladi. Tozalangan paxta momig‘i, metall zarrachalarni tutuvchi detektor orqali birinchi Bi – Vis mashinasining ta’minlovchi zichlagichiga beriladi .

2- rasm. Paxtamomig‘ini mexanik qo‘shimchalardan tozalash sxemasi:
1 – kiplarni ochish qurilmasi; 2 – ventilyator; 3 – transportyor; 4 – siklon; 5 – titib –tozalovchiqurilma.
Yo‘ldosh qo‘shimchalarga – proteinlar, pektinlar, efirlar, moysimon moddalar kiradi.
Paxta momig‘ini qisman qirqish va pishirish
Paxta momig‘ini pishirib, undan keng qo‘llaniladigan syellyuloza olinadi. Hozirgi vaqtda paxta momig‘idan syellyuloza olish korxonalari bir nechta mamlakatlarda ishlab kelmoqda. O‘zbekiston (Yangiyo‘l shahri), Zimbabe (Xarari shahri) tashkil etilgan korxonalarda paxta momig‘ini pishirish va oqartirish uzluksiz usulda Bi – Vis apparatida bajariladi (3- rasm).

3-rasm. Ikki shnekli Bi–Vis apparatining tuzilishi:
1 – ishlatilgan suyuqliqning chiqadigan joyi; 2 – maydalangan materialning chiqadigan joyi; 3 – podshipniklar; 4 – shneklar; 5 – korpus qopqog‘i;
6 – ximikatlarni beradigan joy; 7 – maydalanadigan materialning kirish joyi; 8 – reduktor; 9 – elektrodvigatel.
Pishirish parametrlari:
Bi – Vis apparatida – 42 % ishqor bilan shimdiriladi, 90 – 110 oS da pishiriladi;
Davriyda pishirganda – ishqor konsentratsiyasi 3-4 g/l, temperaturasi – 135 – 140 oS.
Oqartirilmagan syellyuloza massasi I Bi – Vis mashinasida tayyorlanadi. II Bi – Vis mashinasida paxta momig‘i aylanma suv bilan namlanib, quruqlik darajasi 30 % ga yetkaziladi. So‘ngra tolalar qisman qirqiladi va ularga ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi.
Qirqish to‘rt juft shnekli mashinada olib boriladi.
I Bi – Vis mashinasidan chiqayotgan massa, 60 minut davomida yetilishi uchun navbatdagi sig‘imga yuboriladi.
Sig‘imda saqlangan massa II Bi – Vis mashinasiga beriladi. Bu mashinada massa yuviladi, oqartiladi va qirqiladi. Bu maqsadlar uchun, shnek profili to‘rt zonada siqiladi (siljish deformatsiyasi), massa mashinadan o‘tish uchun, to‘rt juft shnek elementlarida teskari qadam yo‘nalishini tashkil etadi Natijada oqartirish jarayoni qulay o‘tadi va tolalarning uzunligi tegishli o‘lchamda qirqiladi. Yuvish uchun, dastlab yuvadigan suv massaga, mashinaning kirish qismiga, ikki marta yuvish uchun esa ikkinchi va uchinchi zona siqish qismlariga beriladi.
Massani yuvish uchun shnek pressdan ajralib chiqqan suvdan foydalaniladi. Yuvish natijasida hosil bo‘lgan suyuq chiqindilar, birinchi, ikkinchi va uchinchi zonalarda siqishda mashina korpusida joylashgan filtrlar orqali chiqariladi. Statik filtr orqali tozalangan tolalar ikkinchi yetiltirish sig‘imiga beriladi.
Oqartiruvchi reaktivlar 42 – 44 % li natriy ishqori va 30 % li vodorod peroksid eritmalarini me’yorlab uzatuvchi nasos orqali mashinaning to‘rtinchi zonasining old tomonidan beriladi. Oqartirish uchun, tolalarga nisbatan ishqor 1...2 %, vodorod peroksid – 2...5% sarflanadi.
Oqartirilgan massa, ikkinchi Bi – Vis mashinasidan ikkinchi yetiltiruvchi sig‘imini beriladi. Bu sig‘imda 90 minut davomida oksidlanish reaksiyaning to‘liq o‘tishi ta’minlanadi.
Oqartirilgan massa ikkinchi yetiltiruvchi sig‘imdan suyuqlashtirish sig‘imiga beriladi. Bu sig‘imga massa konsentratsiyasini 3 % ga yetkazish uchun aylanma suv va qurilmani yuvish uchun toza suv, hamda neytrallash uchun me’yorlovchi nasos bilan konsentrlangan sulfat kislota beriladi.. So‘ngra massa shnek presslar yordamida massa 35 % quruqlik darajasigacha suvsizlantiriladi.
Shnek-pressdan massa 35 % quruqlikda chiqib, suyultirish havzasiga tushadi. Bu yerda massa aylanma suv bilan aralashtirilib, konsentratsiyasi 3 % ga yetkaziladi. So‘ngra, massa nasos bilan 150 m3 lik aralashtirgichli havzaga (saqlash uchun) yuboriladi.
Bu havzadan massa nasoslar orqali ikkita yig‘uvchi (akkumullash) havzasiga beriladi. Bu havzalardan massa maydalashga yuboriladi. Maydalash amali MD 14-02 tegirmonida bajariladi. Maydalangan massaning maydalik darajasi 20…25 oSHR ni tashkil etadi.
Syellyuloza massani quritish sochilgan ko‘rinishda issiq havo yordamida olib boriladi. Bu tovar ko‘rinishidagi syellyuloza quritish texnologik sxemasi 4-rasmda keltirilgan.

4-rasm.Tovar-syellyuloza massasini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik sxemasi:
1,2 – massa havzalari; 3 – ikki barabanli faollashtirish pressi; 4 – massa titgich; 5 – filtratni yig‘uvchi havza; 6 – birinchi bosqich quritgich bashnyasi; 7 - birinchi bosqich quritgich ventilyatori; 8 – birinchi bosqich quritich sikloni; 9 – ikkinchi bosqich quritgich bashnyasi; 10 – ikkinchi bosqich quritgich ventilyatori; 11 – ikkinchi bosqich quritgich sikloni; 12 – sovutish bosqichi ventilyatori; 13 – birinchi bosqich quritgichiga beriladigan havoni isitish sistemasi; 14 – sovutish bosqichi sikloni;
15 – sovuq havoni berish sistemasi; 16 – ikkinchi bosqich quritgichi uchun havoni isitish sistemasi; 17 – toy shaklini berish uchun press; 18 – kiplarni transportirovkalash sistemasi; 19 – tarozilar; 20 – o‘rash va taxlash (upakovka) pressi; 21 – toy shaklini berish uchun o‘rov pressi; 22 – o‘rovchi stanok; 23 – o‘ramning yon tomonlarini eguvchi stanok; 24 – tikuvchi stanok; 25 – toyni bog‘lovchi stanok; 26 – o‘ralgan toylarni transportirovkalash sistemasi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling