Texnologik qism


Paxta momig‘ini tozalash va transportirovka qilish


Download 0.82 Mb.
bet6/12
Sana30.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1735139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
texnalagik qism

Paxta momig‘ini tozalash va transportirovka qilish. Toylarda paxta momig‘i 4 ta qurilma orqali o‘ralgan o‘ramalaridan yechiladi va ikkita markazdan qochirma siklonli separatorlarga uzatiladi, unda og‘ir chiqindilardan tozalanadi, so‘ngra titib-tozalagich qurilmasiga uzatiladi va unda tozalanadi. Tozalash vaqtida ajralib chiqqan chang, ventilyator orqali so‘rib olinib, havoni filtrlovchi qurilmaga beriladi. Tozalangan paxta momig‘i, metall zarrachalarni tutuvchi detektor orqali birinchi Bi – Vis mashinasining ta’minlovchi zichlagichiga beriladi.
Paxta momig‘ini qisman qirqish va pishirish. Bi-Vis apparati Fransiyada dastlab plastmassani qayta ishlash uchun 1950 yillarda ishlab chiqargan, keyinchalik syellyuloza – qog‘oz sanoatida tolalarga ishlov berishga moslashtirilgan (Bi-Vis markali apparatlar Yangiyo‘l syellyuloza ishlab chiqarish fabrikasida o‘rnatilgan).
Apparat syellyulozani oqartirish va yuvish jarayonlarida ham qo‘llaniladi. Bi-Vis texnologiyasida bir yillik o‘simliklardan: somon, kanop, paxta, lyon hamda makulaturadan massa tayyorlashda qo‘llaniladi. Bu apparat yordamida ayniqsa paxta tolalarini qirqishda qo‘l keladi. Pastdagi jadvalda Bi-Vis apparati ishtirokida tayyorangan massani tradision usulda tayyorlangan massaga qaraganda samaradorligi keltirilgan.
1.5.Bi-Vis mashinasi va ishlash prinsipi
Respublikamizda paxta syellyulozasini ishlab chiqarish, asosan, ikki usulda olib boriladi. Quyida Bi – Vis mashinasi asosida paxta momig‘idan syellyuloza olishga to‘xtalamiz.
I Bi – Vis mashinasi asosida paxta momig‘idan syellyuloza olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Paxta momig‘ini tashish va tozalash;

  • Momig‘ni Bi – Vis mashinasiga yuborish;

  • Paxta momig‘ini qisman qirqish va pishirish;

  • Paxta momig‘ini qirqish, yuvish va massani oqartirish;

  • Oqartirilgan massani yuvish, maydalash;

  • Quritish, taxlab joylashtirish.

Oqartirilmagan syellyuloza massasi I Bi – Vis mashinasida tayyorlanadi. II Bi – Vis mashinasida paxta momig‘i aylanma suv bilan namlanib, quruqlik darajasi 30 % ga yetkaziladi. So‘ngra tolalar qisman qirqiladi va ularga ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi.
Qirqish to‘rt juft shnekli mashinada olib boriladi.
I Bi – Vis mashinasidan chiqayotgan massa, 60 minut davomida yetilishi uchun navbatdagi sig‘imga yuboriladi (1-rasm).

1-rasm. Bi – Vis mashinasi yordamida paxta momig‘idan qog‘oz massasi tayyorlash texnologik sxemasi:
1-paxta momig‘i, 2-siklon; 3-paxta tolalarini titib tozalash; 4-metall tutgich; 5- metalli chiqindilarni to‘plagich; 6- bunker; 7- I Bi – Vis mashinasi; 8- massa to‘plovchi xavza; 9- konveyer; 10- II Bi – Vis mashinasi; 11- massa to‘plovchi xavza; 12- suyultirilgan massani to‘plovchi xavza; 13- suvsizlantiruvchi press; 14- nasos; 15- massa to‘plovchi xavza.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling