Texnologik qism


Chigitli paxta uchun Davlat standartlari


Download 0.82 Mb.
bet3/12
Sana30.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1735139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
texnalagik qism

Chigitli paxta uchun Davlat standartlari

Chigitli paxta

O`z RST 615–94 5 – sanoat navi, 3 sinfga ajratilgan.

Paxta tolasi

O`z RST 604–93. Uz.DST.604–2001. 5– sanoat navi, 5 sinfga ajratilgan. Sifat ko‘rsatkichlari:

  • Shtapel uzunligi, mm;

  • Chiziqli zichligi, m.teks;

  • Solishtirma uzilish kuchi, sN;

  • Mikroneyr, pishib yetilganlik koeffisiyenti;

  • Rangi va jinlash sifati bo‘yicha tashqi ko‘rinishi;

  • Nuqson va iflos aralashmalarining vazni bo‘yicha ulushi;

  • Namlikning vazni bo‘yicha nisbati, %.

Paxta momig‘i (lint)

O`z RST 645–95 asosida shtapel uzunligi bo‘yicha: Tip- A; Tip – B, 2 ta sanoat naviga, 3 ta sinfga ajratiladi.

Paxta chigiti

O`zRST596–93 asosida 5 ta sanoat naviga ajratilgan.

Paxta chiqindilari

TSH 01 – 95 bo‘yicha momiq aralashgan chiqindilar va TSH 02 – 95 bo‘yicha ulyuk aralashgan chiqindilarga bo‘linadi.

1.2.Paxta momig‘i
Gʻo‘za chanog‘ining ichidagi chigitining qobig‘i tolalar bilan qoplangan bo‘ladi. Paxta yetilgach, asosan mashina yordamida yoki qo‘lda teriladi. Qo‘lda terilgan paxtaning ifloslik darajasi past buladi. Paxta tarkibidagi chigit va tolalarning miqdori naviga qarab: tolalari 25 – 35% va chigiti 68 – 70% ni tashkil etadi. Chigitdan ajralib olingan paxta tolasi 3 guruhga bo‘linadi;

  • Uzun tolali (uzunligi 22 – 25 mm va undan uzun), to‘qimachilik sanoati uchun;

  • Kalta tolali (uzunligi 22 – 20 mm), paxta momig‘i – syellyuloza va qog‘oz sanoati uchun;

  • O‘ta kalta tolali (uzunligi 3...8 mm) delint – kimyoviy qayta ishlash uchun.

Gomogen usulda asetatsellyuloza olishda paxta momig‘ining 3 – 6mm uzunlikdagi, triasetatsellyuloza olishda esa 22 – 20mm ishlatiladi.
Chigitdan tola ajratish jarayoni linter nomli mashinada amalga oshiriladi. Linter mashinasida chigit tuklaridan paxta momig‘i ajratib olinadi. Bu jarayon linter mashinasida bir necha marta qaytariladi. Shunda ham chigit qobig‘ida 3 – 7% atrofida kalta tolalar koladi. Bu tolalar delint (paxta momig‘i) deb ataladi. Shuning uchun chigit qo‘shimcha delinterlanadi. Delint sifati, iflosligi, namligi, pishish darajasi va kul miqdoriga qarab bir necha turga bo‘linadi.
Paxta momig‘ining pishganlik darajasi uning muhim sifati ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Paxtaning pishganlik darajasi undan olingan syellyuloza sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Paxta tolasining tuzilishi uzun ingichka naycha shaklida bo‘lib, ko‘p joylarida naychalar buralgan holda uchraydi. Naychaning ichi uzunchoq bo‘lib, u kanal ko‘rinishida bo‘ladi. Tolaning sirti yupqa qatlam – kutikula bilan qoplangan. Tolalar chigitga yopishgan bo‘lib, ikkinchi qismi tashqariga chiqqan. Tolalar chigitdan uzoqlashgan sari zichlashib va ingichkalashib boradi. Tolalar qalinligi (diametri), kanalning eni, buralganlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Paxta tolalari tuzilishiga qarab uch asosiy qismga bo‘linadi:

  • Kutikula – tola sirtini qoplab turuvchi yupqa himoya qatlam;

  • Tlaning hujayrali devori;

  • Tola kanali – pishib yetilmay qolgan toladagi qoldiq shira (modda) yoki havo bilan to‘lgan qism.

Kutikula o‘ta yupqa, tiniq qatlam (parda) bo‘ladi. U ishqor va tola kanalida hujayra protoplazmasi joylashgan. Syellyulozaning biosintez jarayoni hujayra devori isida boradi. Paxta tolasi pishganda protoplazma o‘sishdan to‘xtaydi. Tola sirtini qoplagan kutikula esa yarimo‘tkazgich membrana vazifasini bajaradi.
Paxta tolasi o‘ta tozalanganida ham, uning tarkibida iflos aralashmalar qoladi. Syellyuloza tolasining hujayra devori sof syellyulozadan iborat. Ba’zan bu xalqalar o‘sish xalqasi deb ham ataladi. Paxta tolasida syellyuloza hosil bo‘lish jarayoni uzluksiz hisoblanadi. Lekin tolaning o‘sish tezligi temperatura va boshqa sharoitga qarab o‘zgaradi. Tolaning konsentrik qatlam strukturasidan tashqari spiralsimon strukturasi ham uchrab turadi.
Tola parchalanganda ko‘pincha mayda zarrachalarga aylanadi. Ba’zan zarrachalar konsentrik qavatlarda tola bo‘ylab spiral shaklida joylashadi. Bu holatni tolalarga ba’zi kimyoviy moddalar ta’sir ettirganda kuzatish mumkin.
Tola tuzilishini to‘liq o‘rganish uchun unga sulfat kislota ta’sir ettiriladi. Sulfat kislota tolaning hujayrasiga bir xil ta’sir etmaydi. Sababi tola devorida struktura elementlari bir xil joylashmagan. Shuning uchun tolaga har xil ishlov berilganda uning strukturasida ham turli xil o‘zgarishlar kuzatiladi.
Paxta tolasining shakllanishi g‘o‘zaning gullashidan boshlanadi. Paxta tolasining yetilish davri 70 kun davom etadi. Yetilish davrida tolalar uzunasiga o‘sadi. Bu davrda undan faqat kutikula va protoplazma bo‘ladi.
Syellyulozaning hosil bo‘lishi g‘o‘za gullaganidan 15–17 kundan so‘ng boshlanadi. Tolaning yoshi qancha katta bo‘lsa, tola devorida syellyuloza shuncha qalin bo‘ladi. Tola quritilganda uning tashqi ko‘rinishi, ya’ni hujayra devori tez o‘zgaradi.
Paxta tolasining tashqi ko‘rinishi bilan uning yoshi orasida ma’lum o‘xshashlik mavjud. Paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash shu ko‘rsatkichga asalangan. Pishish darajasini aniqlashning eng qulay usuli bu mikrokimyo usuli hisoblanadi. Buning uchun tolalarga ishqor bilan ishlov beriladi, suv bilan yuviladi, so‘ngra kongo–qizil bo‘yog‘i bilan bo‘yaladi. Natijada tolalarning pishgan-pishmaganligi aniqlanadi.
Ma’lumki, bitta chigit qobig‘iga har xil uzunlikdagi tolalarni uchratish mumkin. Bunga sabab tolalarning chanoqda joylashgan o‘rni, chanoqlarning g‘o‘zaning asosiy tanasidan qancha masofada joylashganligidir. Bunday holatda tolalarning yetilishi uchun oziqaning bir tekisda yetib bormasligi ham asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Paxta momig‘i iflos aralashmalarning va butun chigitlarning massaviy ulushi bo‘yicha Oliy (1), O‘rta (2), Iflos (3) sinflarga bo‘linadi (1.2-jadval).
1.2-jadval.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling