Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari


Download 392.11 Kb.
bet35/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
publika olimpiadalari yoki tanlovlari g`oliblarini tay­yorlagan;
e) ilmiy va ijodiy ishlari bo`lgan, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettir­gan;
j) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabi­yotlari, jumladan OTM o`quv dasturlariga mos keladigan 1 ta darslik (hammualliflikda bo`lgan taqdirda 2 ta) yoki yakka mualliflikda 3 ta o`quv qo`llanma nashr ettirgan (o`quv qo`llanma etarli bo`lmaganda belgilangan me`yordan tashqa­ri nashr ettirilgan darslik ham o`quv qo`llanma sifatida qabul qilinishi mumkin).
Professor ilmiy unvoni istisno tariqasida, quyidagi talablarni bajargan mutaxassislarga ham berilishi mumkin:
a) kamida ikki o`quv yili davomida OTMda pedagogik faoliyat ko`rsatayotgan;
b) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabiyo- ti (adabiyotlari) bo`lgan;
v) ilmiy maqolalar chop ettirgan;
g) respublika va xalqaro tanlovlarda nufuzli o`rinlar­ni egallagan shogirdlarni tayyorlagan;
d) ta`lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish­ga va barkamol avlodni tarbiyalash ishlariga salmoqli his­sa qo`shgan;
e) «O`zbekiston Qahramoni» unvoni yoki «Buyuk xizmat­lari uchun» ordeni bilan mukofotlangan yoxud O`zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san`at va me`­morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari laureati bo`lgan.
3-§. ITM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish
Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi ta­lablarni bajarib, ITMda muvaffaqiyatli fao­liyat ko`rsatayotgan mutaxassislarga beriladi:
a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo`lgan;
b) ilmiy unvonga ega bo`lgan;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
v) kamida 10 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda 5 yillik ilmiy ish stajiga ega bo`lgan;
g) kamida bir yil (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy xodim, etak­chi ilmiy xodim lavozimlaridan birida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25 stavka ilmiy faoliyat olib borib, ITM rahbari, rahbar o`rinbosari, ilmiy koti­bi lavozimlaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan (la­vozimida ijobiy o`zgarish bo`lgan hollarda avvalgi lavozi­mida ishlash muddati ham e`tiborga olinadi);
d) kamida 2 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tayyorlagan yoki 1 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis va kamida 5 nafar magistratura talabasi yoxud 10 nafar magistratura talabasiga ilmiy rah­barlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g`oliblarini tayyorlagan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoxud tanlovlari g`olibla­rini tayyorlagan);
e) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumla­dan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shun­dan nufuzli xorijiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan hamda salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natija­larga erishgan (monografiya yoki ilmiy risolalar nashr et­tirgan yoxud ixtirolarga ega bo`lgan);
j) ta`lim jarayonida ishtirok etayotgan.
Professor ilmiy unvoni istisno tariqasida, umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ITMda muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatayotgan mutaxas­sislarga beriladi:
a) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo`lgan;
b) ilmiy unvonga ega bo`lgan;
v) kamida 10 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda 5 yillik ilmiy ish stajiga ega bo`lgan;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
g) mazkur Nizom 16-bandining “g” kichik bandi talabini bajargan;
d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tay­yorlagan yoki 10 nafar magistratura talabasiga ilmiy rah­barlik qilgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kami­da 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respu­blika olimpiadalari yoxud tanlovlari g`oliblarini tayyor­lagan);
e) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jum­ladan OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro`yxatidagi ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqo­la, shundan nufuzli xorijiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqo­la chop ettirgan hamda salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik na­tijalarga erishgan (monografiya va ilmiy risolalar nashr ettirgan yoxud ixtirolarga ega bo`lgan);
j) ta`lim jarayonida ishtirok etayotgan;
z) ta`lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda bo`lgan taqdirda 2 ta) va OTM o`quv dasturlariga mos keladigan 2 ta o`quv qo`llanma nashr ettirgan (o`quv qo`llanma etarli bo`lmaganda belgilangan me`yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham o`quv qo`l­lanma sifatida qabul qilinishi mumkin).
Professor ilmiy unvoni istisno tariqasida, quyidagi talablarni bajargan mutaxassislarga ham berilishi mumkin (mazkur band tibbiyot soha­sidagi talabgorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi):
a) fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy dara­jasiga ega bo`lgan;
b) kamida ikki yil davomida ITMda ilmiy faoliyat ko`rsatayotgan;
v) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumla­dan yirik ilmiy ish, monografiya chop ettirgan, ilmiy jur­nallarda kamida 10 ta (shundan nufuzli xorijiy jurnal­larda 2 ta) ilmiy maqola chop ettirgan,
g) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabiyoti (adabiyotlari) bo`lgan;

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling