Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari


Download 392.11 Kb.
bet36/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari

d) salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erish­gan, jumladan, olgan ilmiy natijalari normativ-huquqiy hujjatlarda (O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- si, O`zbekiston Respublikasining qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Va­zirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari­da) tatbiq etilgan;


e) ta`lim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlanti­rish, kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo`shgan.
4-§. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish
Dotsent ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talab- larni bajarib, OTMda muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatayotgan mutaxassislarga beriladi:
a) fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy dara­jasiga ega bo`lgan;
b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, OTMda 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan;
v) kamida bir o`quv yili davomida OTMning shtatida ka­fedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), dotsent (vazifasini bajaruvchi) yoki oliy harbiy ta`lim muassasa­larida katta o`qituvchi, kafedra boshlig`i o`rinbosari yoki kafedra boshlig`i yoxud ushbu lavozimlarning birida bir o`quv yili davomida kamida 0,25 stavka o`quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muas­sasa rektori (direktori, boshlig`i), prorektori (direktor o`rinbosari, boshliq o`rinbosari), ilmiy kotibi, OTMning o`quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo`lim) rahbari la­vozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o`zgarish bo`lgan hollarda avvalgi la­vozimida ishlash muddati ham e`tiborga olinadi).
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
Har bir ta`lim sohasi bo`yicha nominatsiyalarda 1-o`rin­ni egallagan “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi peda­gogi” tanlovining respublika bosqichi g`oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o`tamasdan dotsent il­miy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;
g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumla­dan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop et­tirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnal­larda 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);
d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabi­yotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM o`quv dasturlariga mos keladigan o`quv yoki uslubiy qo`llanma nashr ettirgan, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo`shimcha ravishda 1 ta monografiya nashr ettirgan;
j) mutaxassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor ka­mida 2 nafar magistratura talabasi yoki 4 nafar bakalav­riatura ta`lim yo`nalishining bitiruvchi talabasiga (tib­biyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 nafar magistratura ta­labasiga) ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiya- lari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining g`oliblari yoki jamoa (jamoalari) ni tayyorlagan.
Dotsent ilmiy unvoni istisno tariqasida, maz­kur Nizomning umumiy va quyidagi talablarni bajargan ilmiy darajaga ega bo`lmagan yuqori malakali mutaxassislarga (madaniyat va san`at nazariyasi hamda tarixi bo`yicha mutaxassislar bundan mustasno) beri­lishi mumkin:
a) tegishli oliy ma`lumotga ega bo`lgan;
b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan OTM- da 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan;
v) mazkur Nizom 19-bandining «v» kichik bandi talabi­ni bajargan;
g) ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari bo`lgan, jumladan
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy nati­jalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro`yxa­tidagi ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun mazkur ro`yxatdagi ilmiy jurnallarda kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);
d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabiyot­lari, jumladan ta`lim turlarining birida foydalanila­yotgan 1 ta darslik (hammualliflikda bo`lgan taqdirda 2 ta) (madaniyat, san`at, arxitektura, sport va jismoniy tarbiya yo`nalishlari bundan mustasno) hamda yakka mualliflikda 1 ta o`quv qo`llanma nashr ettirgan (o`quv qo`llanma bo`lmagan­da belgilangan me`yordan tashqari nashr ettirilgan dars­lik ham o`quv qo`llanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo`shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan;
e) mutaxassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor ka­mida 4 nafar bakalavriatura ta`lim yo`nalishining bi­tiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g`oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan.
5-§. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish
Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajargan mutaxassislarga beriladi:
a) fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy dara­jasiga ega bo`lgan;
b) kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda 3 yillik (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 yillik) ilmiy ish stajiga ega bo`lgan;
v) kamida bir yil (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy xodim, etak­chi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlaridan bi­rida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling