Texnologiyasi


Sanoat chiqindilaridan foydalanish


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet145/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Sanoat chiqindilaridan foydalanish
Paxtaning chigitini ajratishda o ‘lik paxta chigiti, yanchilgan paxta 
bargi, boshqa chiqindilar to'planadi. Bu chorva mollari uchun ozuqa 
hisoblanadi.
Yem, asosan, don mahsulotlaridan, yog‘-moy sanoat chiqindilari­
dan (kunjara, sho'lxa) tayyorlanadi. Bu to'yimli va yaxshi hazm bo'ladi.
D on oziqlar turli boshoqli (bug'doy, suli, arpa, makkajo'xori) va 
dukkakli (soya, no'xot, mosh, loviya) o'simliklar doni va yormasidan 
tayyorlanadi. U lar tarkibida uglevodlar, kraxmallar ko'p bo'ladi.
D on oziqlar to'yim li, oqsilga boy, qimmatliligi bilan alohida o 'rin
egallaydi.
Donni mollaiga yorma-maydalangan holda berish foydalidir. Shunda 
yaxshi hazm bo'ladi. Yorma holidagi doimi 2-3 kun mobaynida sarflash 
kerak bo'ladi, aks holda tarkibi buziladi.
Sanoat chiqindilari. U n tortishdan don yormasi, kepak, un gardi 
kabi ozuqalar, qandolatchilik sanoatidan lavlagi chiqindilari, yog' - 
moy sanoatidan kunjara, sho'lxa, pivo tayyorlashdagi barda va don 
chiqitlari, konserva sanoatidan meva, sabzavot po'sti, bargi, o'zagi va 
hokazolar ana shular jumlasidandir.
Senaj oziqlam ing eng samaralisi hisoblanadi. Namligi 50-55% ga 
keltirilib, so'litilgan o'tlardan tayyorlanib, m aydalangan va germetik 
sharoitda konservalashtirilgan ko'k massa senaj deyiladi. Senaj tarkibida 
uglevodlar, yog'lar, protein, mineral m oddalar va vitam inlar ancha 
ko'p bo'ladi.
Beda, esparset, yo'ng'ichqa, oqso'xta, sudan o'ti, yow oyi no'xat, 
suU, sof tariq va ularning aralashmasidan senaj tayyorlanadi. Silos 
tayyorlashda bir gektardan olinadigan 300-400 o'rniga senaj tayyor- 
lashda 1000-1500 oziq birligi olish mum kin. Senaj tayyorlanib, saq- 
langanda to'yim li moddalarning yo'qolishi kamayadi.
Senaj tayyorlash oldidan tayyorgarlik ishlari bajariladi. M asalan, 
ko 'k massani o'rib olish vaqti, hosildorligi, yalpi hosil m iqdori, saqlash 
joyi, transport, yordam chi ishchi kuchlari ana shular jum lasiga kira­
di. Senaj m inoralargajoylansa 5-7 kunda, o'ralarga bostirilsa 3-4 kunda 
barcha ishlar yakunlanishi kerak.
223


Senaj qilinadigan ko'k massa dukkakli o'tlar shonalab, gullay boshla­
ganda, g'allali ekinlar boshoqlaganda, tabiiy o ‘tlar gullaganda KS - 
2,1, K R N - 2,1, K D P - 4,0, K U F - 1,8, KS - 1,8, KS - 2,6, 
KSK - 100, K PI - 2,4 kabi qishloq xo'jalik m ashinalarida, YE - 
281, M aral (G D R ) kombaynlarida o'rib, maydalab olinadi va 50- 
55% namlikkacha quritiladi. (K o'k massa namligi 50-55% bo'lganda 10 
kg ko'k massaning og'irligi 5-6 kg ga tushib qoladi). Buni darhol yon 
devorlari ko'tarilgan joylarga m ashinalarda, pritseplarda esa, senaj 
bostiriladigan o'ralarga tashiladi. O 'ralam ing pastki qismidagi eni 4-5 
m, yuqorisidan 5-6 m, chuqurligi 2,5 - 3m, uzunligi esa 25 m bo'ladi. 
Bunday o'raga 190 t oziq sig'adi yoki 1 m 3 joyga 400-500 kg senaj 
joylanadi. Zichlash D T - 54, T-74 va S-100 rusumli traktorlari bilan 
bajariladi. K-700, T-150K traktorlari ham ishlatiladi.
O 'ralar to'ldirilgach, ustiga 20-30 sm qalinlikda yangi o'rilgan 
ko'k massa bilan qoplanadi. Shundan so'ng, chetlari o 'ra devoridan 50 
sm pastga qaratilib, polietilen selofan bilan berkitiladi. 1 to n n a senaj 
uchun 1 m 2 plyonka ketadi. Plyonka ustidan 30-50 sm qalinlikda nishab 
qilib tuproq bosiladi.
Senaj bostirilgach, 7-10 kundan keyin mollarga berish mum kin. 
Mollarga berishdan aw al, senaj sifati tekshiriladi. Tayyor senajda R N -
4,6 dan kam , nam lik 55% gacha bo'lishi kerak. U xushbo'y va m og'or 
bosmagan bo'lishi kerak.
M ollarga berishdan 10 kun aw al o'ralardagi senajdan nam una 
olinib, agrokim yo yoki veterinariya laboratoriyalariga yuboriladi.
Ildizmevali oziqlar (xashaki lavlagi, tum eps, sabzi, nim shirin va 
qand lavlagi kabilar) tez hazm bo'ladi, tarkibida uglevodlar, vitam in­
lar ko'p.
Senajlar sifati bo'yicha 3 sinfga bo'linadi (45-jadval).
Poliz m evalar (xashaki tarvuz, qovoq, patison kabilar) ildizm e- 
valarga yaqin turadi, bular maydalanib, to 'rg 'alib m ollarga beriladi.
Silos. Silos asosan makkajo'xori va oqjo'xori dumbulligida o'rib olinib, 
maydalangan poya va so'talaridan tayyorlanadi. 1 kg sifatli silosda 0,20-
0,25 oziq birligi bo'ladi. Silos tayyorlanadigan massaning o'rtacha nam ­
ligi 70-75% bo'lishi kerak. Ular 4-5 sm uzunlikda maydalab bostiriladi
ziclilanadi va havo kirmaydigan qilib shibbalanadi. Silos bostirish uchun 
betonlangan o'ralar va minoralar ajratiladi. Silos barcha turdagi mollarga 
qish oylarida beriladigan asosiy ozuqa hisoblanadi,
224


Shuningdek, hayvon mahsulotlari (sut, sut chiqindilari, qushxona 
chiqindilari — qon uni, suyak uni, hayvon ichki a ’zolari)dan, baliq, 
konserva sanoati chiqindilari (quritilib un qilingani)dan, pilla g‘umbagi, 
molluskalardan oziq tayyorlanadi. Bu xildagi oziqlar tarkibi protein- 
ga, vitaminga boy va qim matlidir
100 kg go‘sht - suyak unida o ‘rtacha 60-80 oziq birligi, 15-35 g 
hazm b o ‘ladigan protein, 100 g go‘sht unida 90-100 oziq birligi, 40 g 
protein va nihoyat yog‘i olingan 100 g sutda 13 oziq birligi va 3 g protein 
bo'lishi aniqlangan. Bular tarkibida kalsiy, fosfor elementlari ko'p.
Karbamid — mochevina sigirlarga, so‘qimga boqilayotgan qoramol- 
larga, yarim yoshdan katta buzoqlarga azoti kam roq bo'lgan yem- 
xashaklarga qo'shib beriladi. M e’yori 40-90 g, qo'ylarga 13-18 g.
O ziqlar qatorida vitam inli preparatlar, antibiotiklar, biopreparat- 
lar, m ineral qo'shim chalar, aralash oziqlar, donadorlashgan (granu- 
la), b rik etlan g an o ziqlar ham bor. B ular to 'y im li, vitam in li va 
sifatlidir.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling