sistemalarni tashkil etadi. Algebraik sistemalarning aniq ta’rifini keltiramiz.
Ta’rif 1. Bo’sh bo’lmagan A to’plamni qaraymiz. Bu to’plamda n-
o’rinli f akslantirishni kiritamiz: f : A
n
→ A. f funksiya bo’lganligi sababli, ixtiyoriy
elementlar uchun f amalini qo’llash natijasi
bir
qiymatli aniqlanadi. f amalining qiymatlar sohasi A to’plamga tegishli bo’lgani
uchun f amalni A to’plamda yopiq amal deb ataymiz.
Ta’rif 2. Signatura yoki til ∑ deb o’rni ko’rsatilgan predikat va funksional
simvollar to’plamiga aytiladi. 0-o’rinli funksional simvolga constanta deyiladi.
Agar α funksional yoki predikat simvoli bo’lsa, u holda uni o’rni µ(α) yordamida
belgilanadi.
n-o’rinli predikat va funksional simvollarni mos ravishda P
n
va f
n
orqali
belgilaymiz. Agar qaralayotgan signaturada standart simvollar foydalanilayotgan
bo’lsa, masalan: qo’shish amali uchun +, tartiblash munosabati uchun ≤, bo’lish
amali uchun /, constant uchun 0 va shu kabilar, u holda biz quyidagicha yozamiz:
Ta’rif 3. ∑ signaturali algebraik sistema U={A, ∑} deb bo’sh bo’lmagan A
to’plamga aytiladi, bunda har bir n o’rinli predikat (funksional) simvolga A
to’plamda aniqlangan n-o’rinli predikat mos qo’yilgan. A to’plam {A, ∑} algebraik
sistemaning tashuvchisi yoki universumi deb ataladi.
Ta’rif
4. ∑
dagi
simvollarga
mos
keluvchi
predikatlar
va
funksiyalar interpretatsiyalar deyiladi.
Interpretatsiyalarni ham signaturaning mos simvollari bilan belgilaymiz. Ixtiyoriy
constant simvolning interpretatsiyasi A to’plamning biror bir elementi
bo’ladi. Algebraik sistemalar odatda U, B,… kabi harflar bilan, ularning
tashuvchilari esa A, B,… kabi harflar bilan belgilanadi. Ko’p hollarda algebraik
sistema o’rniga “algebraik” so’zi tushirib qoldirilib, sistema yoki struktura so’zi
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |