Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Shifrlashning kombinasiyalangan usullari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Shifrlashning kombinasiyalangan usullari. Qudratli kompyuterlar, tarmoq
texnologiyalari va neyronli hisoblashlarning paydo bo‘lishi hozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan kriptografik tizimlarni obro‘sizlantirilishiga sa bab bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida yuqori bardoshlikka ega kriptografik tizimlarni yaratish ustida ishlashni taqozo etdi. Bunday kriptografik tizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarini kombinasiyalashdir. Quyida eng kam vaqt sarfida kriptobardoshlikni jiddiy oshishini ta’minlovchi shifrlashning kombinasiyalangan usuli ustida so‘z boradi. Shifrlashning ushbu kombinasiyalangan usuliga binoan ma’lumotlarni shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart usul (masalan, DES usul) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan ma’lumotlar maxsus usul bo‘yicha qayta shifrlanadi. Maxsus usul sifatida ma’lumotlar vektorini elementlari noldan farqli bo‘lgan son matritsasiga ko‘paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo‘llashda agar shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa shifrlangan matnni fosh etish juda qiyin. Odatda shifr gammasi har bir shifrlanuvchi so‘z uchun tasodifiy o‘zgarishi lozim. Agar shifr gammasi shifrlangan so‘z uzunligidan katta bo‘lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum bo‘lmasa, shifrni faqat to‘g‘ridan-to‘gri saralash orqali fosh etish mumkin. Bunda kriptobardoshlik kalit o‘lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulidan ko‘pincha himoya tizimining dasturiy amalga oshirilishida foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir sekundda ma’lumotlarning bir necha yuz Kbaytini shifrlash imkoniyati mavjud. Rasshifrovka qilish jarayoni-kalit ma’lum bo‘lganida shifr gammasini qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iborat. 96 Shifrlangan ma’lumotlar vektorini matritsaga ko‘paytirishni qo‘llashda shifrlangan matn bir bayt uzunlikdagi i f vektorlarga ajratiladi va har bir vektor kvadrat matritsa ij M ga ko‘paytiriladi va shifrlangan vektorlar shakllantiriladi: ij i i M f f Bu usulning asosiy afzalligi sifatida uning ma’lumotlar ishlanishining turli jabxalaridagi moslanuvchanligini ko‘rsatish mumkin. Har bir vektor alohida shifrlanganligi sababli ma’lumotlar blokini uzatish va dasturlangan ma’lumotlardan ixtiyoriy foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Ushbu usulni apparat yoki dasturiy usulda amalga oshirish mumkin. Rasshifrovka qilish jarayonida shifrlangan f vektorlarni teskari matritsa 1 ij M ga ko‘paytiriladi. 1 ij i i M f f Kombinasiyalangan usullarning yuqori samaradorligiga uning ikkala bosqichini apparat usulda amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ammo bu uskuna xarajatlarining jiddiy oshishiga olib keladi. Dasturiy usulda amalga oshirilishida esa ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilish vaqti oshib ketadi. Shu sababli kombinasiyalangan usularni apparat-dasturiy usulda, ya’ni usulning bir bosqichi apparat usulda, ikkinchi bosqichi dasturiy usulda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqhisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling