Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet182/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Linux Utilitalari
Linux foydalanuvchi buyruqlar qatori interfeysi (qobiq) ko‘plab yordamchi standart dasturlardan tashkil topgan. Ushbu dasturlarni quyidagi olti toifaga bo‘lish mumkin:

  1. Fayllar va kataloglarni boshqarish buyruqlari;

  2. Filtrlar;

  3. Matn muharrirlari va kompilyatorlar kabi dasturlarni ishlab chiqish vositalari;

  4. Matn protsessorlari; 5. Tizim boshqaruvi; 6. Har xil.

9.1- jadval

Buyruq

Funksiya

cat

standart fayla bir nechta fayllarni ulash

chmod

faylni himoya qilish rejimini o‘zgartirish

cp

faylni nusxalash




cut

fayldan matn ustunlarini kesish




grep

ma’lum bir shablonni fayldan qidirish




head

fayldan birinchi qatorni ajratib olish




ls

katalog ro‘yhati




make

ikkilik faylni yaratish uchun
kompilatsiya qilish

fayllarni

mkdir

katalog yaratish




paste

matnlarni faylga joylashtirish




pr

chop etish uchun faylni formatlash




rm

faylni o‘chirish




rmdir

katalogni o‘chirish




sort

fayl satrlarini alifbo bo‘yicha tartiblash




tail

fayldan ohirgi satrlarni chiqarish




tr

Belgilarni bir to‘plamdan boshqasiga o‘zgartirish

POSIX 1003.1-2008 standarti ushbu dasturlarning taxminan 150 tasining sintaksisi va semantikasini aniqlaydi, asosan birinchi uchta toifaga kiradi. Ushbu dasturlarni standartlashtirish g‘oyasining maqsadi barcha Linux tizimlarida ishlaydigan qobiq skriptlarini yozish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Ushbu standart yordamchi dasturlarga qo‘shimcha ravishda veb-brauzerlar, multimedia fayllarini ishga tushuruvchilar, rasmlarni ochish dasturlari, ofis to‘plamlari va boshqa shu kabi ko‘plab dasturlar mavjud. Fayllar va kataloglarni boshqarish buyruqlari 9.1- jadvalda keltirilgan. Masalan, quyidagi buyruqni ko‘rib chiqamiz:
cp a b
Ushbu buyruq asl faylni o‘zgartirmasdan, a faylni b fayliga ko‘chirib o‘tkazadi.
Yadro tuzilishi
9.1- rasmda Linux operatsion tizimining umumiy tuzilishi ko‘rsatilgan. Endi tizimning yadrosini batafsil ko‘rib chiqaylik (jarayonlarni va fayl tizimini rejalashtirishni o‘rganishni boshlashdan oldin). Yadro to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilma ta’minoti bilan ishlaydi va K/Ch qurilmalari va xotira boshqaruv bloki bilan o‘zaro aloqani ta’minlaydi, shuningdek, protsessorning ularga kirishini nazorat qiladi. Yadroning pastki darajasi (9.2- rasm) past darajadagi uzilishlarni ishlov beruvchi va dispetcherlash mexanizmidan iborat. Dispetcherlash uzilish sodir bo‘lganda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, past darajadagi kod jarayonning bajarilishini to‘xtatadi, holatini yadro jarayonlari tarkibida saqlaydi va tegishli drayverni ishga tushiradi. Jarayonni dispetcherlash yadro ma’lum bir operatsiyani tugatgandan so‘ng amalga oshiriladi va foydalanuvchi jarayonini yana ishga tushurish vaqti keladi.
Keyin turli xil yadro quyi tizimlarini uchta asosiy komponentlarga ajratilgan. 9.2- rasmdagi kiritish/chiqarish komponentlari yadroning barcha qismlarini, quril-malar bilan o‘zaro ishlashni, shuningdek, tarmoq operatsiyalari va tashqi qurilmalarga kiritish/chiqarish operatsiyalarini bajarishni o‘z ichiga oladi. Eng yuqori darajada, barcha kiritish/chiqarish operatsiyalari Virtual fayl tizimi (VFS- Virtual File System) darajasida birlashtirilgan. Eng yuqori darajada faylni o‘qish jarayoni (u xotirada yoki diskda bo‘ladimi) - bu terminal kirishidan belgilar o‘qish operatsiyasini bajarish bilan bir xil. Eng past darajada, barcha kiritish/chiqarish operatsiyalari biron bir qurilma drayveridan o‘tadi. Linux ning barcha drayverlari belgili qurilma drayverlari yoki blokli qurilma drayverlari deb tasniflanadi, asosiy farqi shundaki qidirish va tasodifiy kirishga faqat blokli qurilmalar uchun ruxsat beriladi. Texnik nuqtai nazardan, tarmoq qurilmalari belgili qurilmalar, ammo ular bilan ishlash biroz farq qiladi, shuning uchun ularni ajratib ko‘rsatish yaxshiroq (9.2- rasmda ham ajratib ko‘rsatilgan).

9.2- rasm. Linux operatsion tizimi yadrosi tuzilishi

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling