Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet23/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari namunalami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Olma va nokda bir qator viruslar, viroidlar va fitoplazmasimon organizmlar qo’zg’atadigan kasalliklar mavjud. Ular O’zbekistonda qayd etilmagan, ammo ba’zilari uchrashi ehtimol qilinadi.
Olma proliferatsiyasi. Bu kasallik Janubiy Yevropa va Gollandiyadan Qora dengiz bo’yidagi davlatlargacha tarqalgan va ushbu mintaqalarda olmaning muhim kasalligi hisoblanadi. Proliferatsiya tufayli olma hosilining 10-80 foizi yo’-qotiladi.
Daraxtlaming novdalari, mevalari va ildizi zararlanadi. Eng ko’zga tashlanadigan belgisi - “jodugar supurgusi” - novdaning uch qismining o’sishi kamayishi va u erdagi, odatda tinim davrida bo’luvchi qo’ltiq kurtaklar o’sib, novdalar dastasi (“supurgi”) hosil bo’lishidir. Ba’zan novdalar dastasi o’rniga barglar rozetkasi rivojlanadi. Novda dastalari va rozetkalardagi barglar mayda bo’lib qoladi, ochroq yashil tus oladi, barg yonliklarining o’lchami esa yaqqol kattalashadi. Kuzda (sog’lom barglar sarg’aygan paytda) kasal barglar qizg’ish tus oladi.
Daraxtlaming ildizlari yaxshi rivojlanmaydi, zich joylashgan ildiz dastalari paydo bo’ladi, ularda shishlar va bo’rtmalar rivojlanadi, yirik tomirlar soni kamayadi. Kasal daraxtlar zaiflashadi, ularning mevalari kichik bo’lib qoladi, og’irligi 30-60 foizga kamayadi, rangi o’zgaradi va 80 foizgachasi bozorbopligini yo’qotadi. Zararlangan mayda mevalarning bandi sog'lomlarinikiga nisbatan uzayadi.
Bahorda kasal novdalarda barglar oldin chiqadi, ammo ular sog’lomlaridan biroz keyin gullaydi. Kasallik ba’zi mavsumlarda ko’proq, boshqalarida kamroq namoyon bo’lishi mumkin. Kasallikni zararlangan o’simlik to’qimalari ichida joylashuvchi fitoplazmasimon organizm qo’zg’atadi. Qo’zg’atuvchi organizm kuchli darajada o’zgaruvchan, diametri 200-800 nm, uch qatli membranasi mavjud, ammo qattiq hujayra qobig’i yo’q.
Kasallik zararlangan daraxtlardan sog’lomlariga payvand orqali hamda bir qator so’ruvchi hasharot (chirildoq-sikada va chigirtka) turlari vositasida o’tadi. Kasallikning yashirin davri nihollarda 1 yilgacha, etilgan daraxtlarda 2 yil yoki ko’proq. Ba’zi zararlangan kattaroq daraxtlar o’z-o’zidan sog’ayib ketadi. Qo’zg’atuvchi daraxtlaming ildiz qismida qishlaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling