Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet24/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Virusologiya

Nok zaiflashishi Yevropa va Amerikada barcha mamlakatlarda tarqalgan, Isroilda va Avstraliyada ham qayd etilgan. Kasallikning uchta asosiy belgisi - daraxtning umumiy ahvoli tez yoki sekin yomonlashishi; barglar qizg’ish tus olishi va ba’zan ularning uchki qismlari pastga, yon tomonlari esa ichiga qarab bukilishidir.
Daraxtning umumiy ahvoli tez yomonlashishi odatda issiq va quruq ob- havo sharoitida, yozda yoki kuzda, daraxt bir necha kun yoki yoki bir necha hafta ichida so’lishi va nobud bo’lishi bilan ta’rifianadi. Bu odatda daraxtning umumiy ahvoli sekin yomonlashishi va barglar qizg’ish tus olishidan so’ngra kuzatiladi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmasimon organizm, daraxtlaming ildiz qismida qishlaydi. Kasallikni sog’lom daraxtlarga payvand bilan yuqtirish mumkin. Tabiatda qo’zg’atuvchi nok burgachasining (Psylla spp.) bir necha turi vositasida tarqaladi.
Olma daraxtining yog’och qismi rezinkasimon bo’lib qolishi kasalligi Yevropa (jumladan sobiq Chexoslovakiya) va Shimoliy Amerikaning ko’pchilik mamlakatlarida, Yangi Zelandiya, JAR va Hindistonda qayd etilgan. Kasallikni aniqlash oson - yoshi 3 yildan ozroq bo’lgan daraxtlaming shoxlari, lignin hosil bo’lishi kamayishi natijasida, haddan tashqari egiluvchan bo’lib qolishidir. Zararlangan daraxtlar o’sishdan orqada qoladi, zaiflashadi, hosil va meva o’lchami kuchli darajada kamayishi mumkin; ko’pincha daraxtlaming tagidan yangi shoxlar o’sadi. Qo’zg’atuvchining barcha izolyatlari bilan kuchli zararlanadigan Lord Labume navi indikator o’simlik sifatida qo’llaniladi. Gala, Golden Delishes, Jeyms Griov, Starking Delishes va Starkrimson navlari ham chidamsiz. Ba’zi navlarda kasallikni aniqlash qiyin, chunki uning belgilari yaqqol ko’rinmaydi. Olmadan tashqari nok va behi ham zararlanishi mumkin, behining barglarida xlorozlar paydo bo’ladi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmasimon organizm ekanligi xabar qilingan, ammo bu aniq isbotlanmagan. Kasallik payvand bilan oson yuqadi, tabiatda tarqalmaydi yoki tarqalishi juda kam, ammo zararlangan daraxtlaming hosili sezilarli darajada kamayadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling