Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet28/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Virusologiya

Kasallik rivojlanishi va zarari. Kasallikni tokzorda sikada tarqatadi. Sikada yiliga bir avlod beradi. Qo’zg’atuvchi zararlangan novdalarda qishlaydi. Bahorda qo’zg’atuvchini sikadaning nimfasi yoki etuk zoti yutadi, uch haftadan so’ng ularda tokni zararlash qobiliyati paydo bo’ladi.
Kasallik belgilari vektor vositasida tabiiy zararlanishdan so’ng keyingi yili kuchli va sistemali shaklda rivojlanadi. Ammo tok boshqa virus (black ring virus) bilan zararlangan bo’lsa, kasallik sistemali bo’lmasdan, qo’zg’atuvchi to’qimaga kirgan joyda lokal bo’lib qoladi.
Keyingi mavsumlarda kasallik rivojlanishi 2 tipda o’tishi mumkin: 1) sistemali belgilar yildan yilga kuchayadi va oxiri tok nobud bo’ladi; 2) tok qaytadan zararlanmasa, sog’ayadi; 4-5 yildan keyin qayta zararlanish yuz bersa, tokda yana 1-tip sistemali zararlanishning belgilari rivojlanadi.

SITRUS EKINLARINING VIRUS KASALLIKLARI
12-amaliy mashg’ulot
Reja:

  1. Sitrus ekinlarining tristeza (tez nobud bo’lishi) kasalligi

  2. Sitrus daraxtlarining uchi sarg’ayishi (“sariq ajdarho”) kasalligi

Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, rangli jadvallar, mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlikni rasmini chizib olish.
Sitrus ekinlarining tristeza (tez nobud bo'lishi) kasalligi Kasallikni virus (Citrus tristeza virus) qo’zg’atadi. Geografik tarqalishi. Vatani Osiyo ekanligi va virus boshqa mamlakatlarga o’simlik materiallari va shira bilan tarqalgan bo’lishi taxmin qilinadi
Zararlanadigan o’simliklar. Achchiq apelsin (bigaradiya) (Citrus auranthium) va laym (Citrus aurantifolia) ga payvand qilib o’stirilgan barcha sitrus ekinlari, ayniqsa laym, greypfrut hamda boshqa turlaming (pammelo, shirin apelsin, alemou va boshqalar) ba’zi navlari zararlanadi. Mandarin (tanjerin) kasallikka tolerant.
Kasallik belgilari juda o’zgaruvchan. Daraxtlar pakana bo’lib qolishi, poyada botiq joylar (o’yiqlar) paydo bo’lishi, barglar ichiga qarab buralishi, barg bandlari oqarishi, xloroz, mevalar kichik bo’lib qolishi kuzatiladi. Keyiaymining poyasida o’yiqlar va barg tomirlarida xlorozlar hosil bo’lishi kasallikning diagnostik belgilari hisoblanadi.
Kasallikning iqtisodiy tomondan muhim belgilaridan biri - shirin apelsin, mandarin yoki greypfrut payvandtaglarida o’stirilgan daraxtlar qurib qolishidir. Bunda poyaning payvand qilingan joyining bevosita tagidagi achchiq apelsin payvandtagining floema to’qimasida nekroz kuzatiladi. Nekroz poyaning o’sha qismini o’rab oladi, payvandtagdagi kraxmal moddasi kamayib ketadi, natijada daraxt quriydi. Qurigan daraxtlar payvandtagi po’stlog’ining ichki qismida kichik, botiq o’yiqlar paydo bo’ladi, po’stloq biroz qalinlashadi. Ba’zan daraxtlar tez quriydi, bunda kasallikning faqat bitta tashqi belgisi - payvand joyida sarg’ish-qo’ng’ir dog’lanish paydo bo’lishi mumkin. Virusning qurishni qo’zg’atuvchi izolyatlari bilan kurtak payvandi vositasida zararlangan achchiq apelsin nihollari pakana bo’lib qoladi va barglarida xloroz rivojlanadi, ammo odatda qurib qolmaydi. Virusning ba’zi izolyatlari hatto achchiq apeisinda ham qurishni qo’zg’atmaydi.
O’yiqlar paydo bo’lishi poya va katta shoxlar ustiga notekis ko’rinish beradi. Qobiqning botiq joylari tagida o’yiqlar poya va shoxlaming yog’och qismida chuqur joylashgan bo’lishi mumkin. Ba’zi virus izolyatlari poya to’qimalari parchalanishi, qobiq juda qalin bo'lib qolishi, yog’och qismida ko’p botiq joylar paydo bo’lishi va daraxt tez qurishiga olib keladi.
Kasallikni aniqlash uchun indikator Key laymining yangi undirilgan nihollarinipayvand qilish usuli qo’llaniladi. Ularda barg tomirlari oqarishi, barg ichiga qarab buralishi va poyasida o’yiqlar paydo bo’lishi tristeza kasalligi mavjudligidan dalolat beradi. Bu usulning kamchiliklari - ko’p vaqt sarf qilinishi, bu usulni keng miqyosda ishlatish qiyinligi yoki amalga oshirib bo’lmasligi hamda nihollarda engil simptomlar paydo bo’lganida kasallikka ishonchli diagnoz qo’yish mumkin bo’lmasligidir. Virusni aniqlash uchun yorug’lik va elektron mikroskoplardan ham foydalanishadi, ammo tez identifikatsiya qilish maqsadida ELISA metodi eng ko’p ishlatiladi.
Kasal o’simlikdan sog’lomlariga virus payvand (kurtak, novda va bargni payvand qilish) orqali oson o’tadi. Ko’p mamlakatlarga tristeza payvand uchun ishlatiladigan kurtaklar vositasida kiritilgan. O’simlik shirasi bilan mexanik shaklda va urug’ orqali virus o’tmaydi. Tabiatda virusni bir necha shira turlari, jumladan yashil sitrus (Toxoptera citricidus), g’o’za (Aphis gossypii), noranja (qora shira) (Toxoptera aurantii), sitrus (Aphis citricola) va spireya (Aphis spiraecola) shiralari tarqatadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling