Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquqning manbasi deb


Download 464.55 Kb.
bet16/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquqning manbasi deb vakolatli organlar tomonidan iqtisodiy protsessual huquqi sohasini tartibga solishga qaratilgan, iqtisodiy sudlov faoliyatiga bevosita va bilvosita daxldor bo‘lgan, iqtisodiy nizo (ish)larni hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalarini qo‘llashda asos

bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar turkumi tushuniladi. Iqtisodiy protsessual huquqning manbalariga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi iqtisodiy protsessual huquqi uchun ham bosh manba hisoblanadi. Konstitutsiyaning 111-moddasida ko‘rsatilganidek, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy nizo (ish)larni hal etish iqtisodiy sudlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” deb nomlangan 22-bobi (106, 107, 111-116-moddalar) normalari bevosita iqtisodiy sudlar faoliyatiga ham tegishlidir.
Jumladan, Konstitutsiyaning 110-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
Iqtisodiy protsessual huquqning asosiy manbalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni (2000-yil 14 dekabrda qabul qilingan) hisoblanadi. Mazkur qonunning 1-moddasi “Sud tizimi” deb nomlanib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
iqtisodiy sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
tuman (shahar) ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.
Ushbu qonunda ko‘rsatilgan odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, sud hokimiyatining mustaqilligi, sud hujjatlarining majburiyligi, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, sudlovning oshkoraligi, sudlov olib boriladigan til kabi prinsiplar ham iqtisodiy protsessual huquqining asosiy va maxsus prinsiplari sifatida o‘rganiladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida ko‘rsatilgan “Sudning vazifalari” ham bevosita iqtisodiy sudlarga tegishli bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sudning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda hamda inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga rioya etilishini kafolatlashga qaratilgan. Sudning faoliyati ijtimoiy adolatni, tinchlik va totuvlikni ta’minlashga, huquqiy tartib va qonuniylikni barcha choralar bilan mustahkamlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, “Sud himoyasida bo‘lish huquqi” deb nomlangan 9-moddada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat boshqaruv idoralari va mansabdor shaxslarning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan, shuningdek sha’ni va qadr-qimmati, hayoti va sog‘lig‘i, shaxsiy erkinligi va mulki, boshqa huquq hamda erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Korxona, muassasa va tashkilotlar ham sud himoyasida bo‘lishga haqli.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling