Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquq tushunchasi


Download 464.55 Kb.
bet14/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquq tushunchasi - iqtisodiy sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar yig‘indisi.
Iqtisodiy protsessual huquq predmeti - iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish sohasida sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan protsessual huquqiy munosabatlarni o‘rganadi. Mazkur huquqiy munosabatlar mazmunida iqtisodiyot sohasiga oid moddiy va protsessual huquqiy xususiyatlar, fanga doir nazariy qoidalar, amaliyotdagi muammoli masalalar va ularning protsessual yechimiga doir holatlar o‘z ifodasini topgan.
Iqtisodiy protsessual huquqning vazifalari:

  • iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirishda subyektlarning buzilgan huquq va manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga erishish;

  • iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda buzilgan huquq va manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish jarayonida qonuniylikni mustahkamlash, amaldagi qonun va qonunosti hujjatlariga so‘zsiz va qat’iy amal qilinishini ta’minlashga erishish;

  • iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda nizolarni qonunda belgilangan tartibda o‘z vaqtida hal etish;

  • ular tomonidan huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash, moddiy va protsessual huquq normlariga qat’iy rioya qilish, ish bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlari chiqarishga erishish;

  • iqtisodiy sudlarda ish yuritish qonun va sudga hurmat ruhida bo‘lishi kerak.

Huquqiy tartibga solish uslubi (metodi) deganda iqtisodiy protsessual huquqi predmeti hisoblangan munosabatlar va faoliyatga ta’sir qiluvchi tartibga solishning yuridik vosita va usullari yig‘indisi tushuniladi.
Iqtisodiy protsessual huquqida huquqiy tartibga solishning quyidagi uchta asosiy uslubi (metodi) ajratiladi: a) ruxsat beruvchi; b) taqiqlovchi; v) ko‘rsatma beruvchi. Mazkur uslublar orqali sud nizolashuvchi subyektlar faoliyati (xatti-harakatlari)ga ta’sir ko‘rsatadi va muayyan huquqiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Ushbu uslublar sudning qarorlari mazmun-mohiyatida hamda qaror (xulosa) qismida bevosita namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy protsessual huquq tizimi - iqtisodiy protsessual huquq fanining asosiy elementlaridan biri sifatida umumiy va maxsus qismlardan iborat tuzilishga ega bo‘lib, mazkur normalarning uzviy va ketma-ketlikda joylashuvi hamda mazmunan bir-birini to‘ldirishiga aytiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling