Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet12/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Tashqi boshqaruv - kreditorlar yig'ilishining qaroriga yoki bankrotlik to'g'risidagi ish bo'yicha davlat organining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan joriy qilinadigan tiklash tusidagi taomil. Tashqi boshqaruv yigirma to'rt oygacha muddatga joriy etiladi. Tashqi boshqaruvning maqsadi ham qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash, kreditorlar talablarini qanoatlantirishdir. Bunda yuridik shaxsni boshqarish va uning mulkini tasarruf etish bo'yicha qarzdor rahbari vakolatlarini majburiy ravishda tashqi boshqaruvchiga beriladi.
Tugatishga doir ish yuritish - iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzdor mol-mulkini realizatsiya qilish orqali qarzdorni majburiyatlardan, qarzlardan qutulgan deb e'lon qilish va korxonani tugatish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo'llaniladigan bankrotlik taomili. Tugatishga doir ish yuritish kelishuv bitimi tuzilgan holatda yoki kreditorlar talablarining to'liq qondirilishi, iqtisodiy faoliyatini davom ettirish imkoniyati mavjud bo'lgan holatda bankrotlik to'g'risidagi ish tugatilishi bilan tamomlanishi mumkin, shuningdek, qarzdor to'lov qobiliyatini tiklash imkoniyati bo'lganda tashqi boshqaruvga o'tishi mumkin.
Hakamlik sudi - fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarini hal etuvchi nodavlat organ.
Apellatsiya instansiyasida ish yuritish - birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarorining taraflardan birining yoki ishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning shikoyatlari asosida qayta ko‘rilishi tushuniladi.
Kassatsiya instansiyasida ish yuritish - apellatsiya instansiyasida ko‘rilmagan qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qarori ustidan keltirilgan kassatsiya shikoyati (protesti)ning qonuniy va asosliligini tekshirish tushuniladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling