Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko'rilishi -


Download 464.55 Kb.
bet13/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko'rilishi - ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan qonunda belgilangan vakolatli mansabdor shaxslarning keltirgan protestlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan ko‘rib chiqilishi tushuniladi.
Yangi ochilgan holatlar - ishni ko'rish vaqtida mavjud bo'lgan va uni hal etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik faktlar. Biroq ushbu faktlar arizachiga va sudga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv sabablarga ko‘ra ishni ko‘rayotgan sudga ham arizachiga ham ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmaydi.
Ijro varaqasi - iqtisodiy sud tomonidan berilgan iqtisodiy sud hujjatida bayon qilingan undiruvchining majburiy ijro etilish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Apostil - hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan konvensiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp tushuniladi.
I BOB. IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQNING
TUSHUNCHASI, PREDMETI, TIZIMI VA MANBALARI


  1. Iqtisodiy protsessual huquq tushunchasi va predmeti

O‘zbekiston Respublikasining milliy huquq tizimida iqtisodiy protsessual huquq protsessual huquq sohalari ichida mustaqil protsessual huquq sohasi hisoblanadi. Iqtisodiy protsessual huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy huquqiy islohotlar bilan uzviy ravishda bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti asosini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etar ekan, ushbu tizimda tadbirkorlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Asosiy Qonunimiz iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Davlat tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uni rivojlantirish va mustahkamlash uchun huquqiy asoslar negizini to‘liq shakllantirishga erishdi. Ushbu huquqiy asoslarning bir qismi iqtisodiyot sohasida, tadbirkorlik sohasida vujudga keladigan nizolarni hal qilish uchun asosiy huquqiy maydon vazifasini o‘taydi.
Iqtisodiy protsessual huquq, garchi boshqa huquq sohalari kabi qadimiy va tarixiy bo‘lmasa ham bugungi kunda odil sudlov tizimida o‘z o‘rniga va o‘ziga xos protsessual mexanizmga ega. Iqtisodiy protsessual huquq o‘zining konstitutsiyaviy asoslariga ega va bu asoslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasida bevosita va 53-moddasida bilvosita o‘z ifodasini topgan. Iqtisodiy protsessual huquq predmeti doirasida qamrab olinayotgan munosabatlar, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni hal etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti sohasida vujudga keladigan iqtisodiy nizolarni hal etish va mamlakatimiz iqtisodiyotini boshqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling