Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet9/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Dalillarning aloqadorligi bu - sud dalillarining mazmuni va da'voli fakt o‘rtasidagi obyektiv bog‘liqlikdir.
Dalillarga yo‘l qo‘yilishi bu - iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish jarayonida isbotlashni amalga oshirishda ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi va boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emasligini anglatadi.
Yozma dalillar - ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning to‘g‘riligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan o‘zga hujjatlar va materiallar.
Ashyoviy dalillar - o‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki xususiyatlari, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qila oladigan ashyolar.
Ekspertiza - sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakat tushuniladi.
Sud ekspertining xulosasi - sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat tushuniladi.
Guvoh - nizoni to‘g‘ri hal etishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.
Sud buyrug‘i - kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi yoxud qarzdordan nizosiz talablar bo‘yicha mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha sudya chiqargan hujjat hisoblanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling