Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar


Download 464.55 Kb.
bet7/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar bu - ma’lum bir iqtisodiy ishi doirasida protsessual huquq normalarining amalga oshirilishidir.
Da'vogar - o'zlarining huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab da’vo taqdim etilgan tashkilotlar va fuqarolar.
Javobgar - da’vo yoki ariza talabi qaratilgan tashkilotlar va fuqarolar.
Mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs - da’vogar bilan javobgar o‘rtasidagi nizoning predmetiga nisbatan boshqa shaxs tomonidan shu predmet (narsa)ning o‘ziga tegishli bo‘lishi to‘g‘risida arz qiluvchi shaxs.
Taalluqlilik - huquq haqidagi nizolarni ko'rish va hal qilish vazifasi qonun bilan u yoki bu davlat organi yoki jamoat tashkilotiga yuklatilganligi tushuniladi.
Talabnoma (lot. raetensio - talab) - bu kreditorning qarzdorga nisbatan qarzdorlikni to‘lash, zararni qoplash, mahsulotning, bajarilgan ishlarning va ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini bartaraf etish haqidagi talabidir.
Iqtisodiy protsessida sud xarajatlari - ishni iqtisodiy sudda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar bo‘lib, taraflarga va uchinchi shaxslarga yuklanadigan pul summasi bo‘lib, davlat boji va sud chiqimlari yig‘indisidir.
Davlat boji - yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lovdir.
Sud chiqimlari - sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlar, sud majlisisni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, iqtisodiy sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni o‘z joyida ko‘zdan kechirish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan va boshqa xarajatlardir.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling