Darslikning e’tirofli jihatlari shundaki, ushbu manba modulni puxta o‘zlashtirishga, o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashini kuchaytirishga, tegishli bilim va malaka olish imkoniyatini oshirishga, mustaqil fikrlash va mushohada qilishga, o‘z-o‘zini nazorat qilishga, muammoli vaziyatlarga yechim topishga imkon beradi.
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Iqtisodiy protsessual huquq tushunchasi - iqtisodiy sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar yig‘indisi.
Iqtisodiy protsessual huquq predmeti - iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish sohasida sud va protsess ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan protsessual huquqiy munosabatlarni o‘rganadi.
Iqtisodiy protsessual huquqning vazifasi - mustaqil huquq tarmog‘i sifatida iqtisodiy sudlarda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish sohasini tartibga solishga qaratilgan faoliyatni huquqiy tartibga soladi.
Huquqiy tartibga solish uslubi (metodi) - iqtisodiy protsessual huquqi predmeti hisoblangan munosabatlar hamda faoliyatga ta’sir qiluvchi tartibga solishning yuridik vosita va usullari yig‘indisi tushuniladi.
Iqtisodiy protsessual huquq tizimi - iqtisodiy protsessual huquqi fanining asosiy elementlaridan biri sifatida umumiy va maxsus qismlardan iborat tuzilishga ega bo‘lib, mazkur normalarning uzviy va ketma-ketlikda joylashuvi hamda mazmunan bir-birini to‘ldirishiga aytiladi.
Iqtisodiy protsessual huquqning manbasi - vakolatli organlar tomonidan iqtisodiy protsessual huquqi sohasini tartibga solishga qaratilgan, iqtisodiy sudlov faoliyatiga bevosita va bilvosita daxldor bo‘lgan, iqtisodiy nizolarini hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalarini qo‘llashda asos bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar turkumi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |