Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet8/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Protsessual muddatlar - iqtisodiy ishlarini sudda ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan vaqt tushuniladi. Mazkur muddatlar sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, shuningdek ayrim hollarda ishda ishtirok etmaydigan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi.
Dalil bu - sud tomonidan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan taraflarning talablari, e’tirozlari va boshqa holatlarni mavjud yoki mavjud emasligini o‘rnatish asosi hisoblangan faktik ma’lumotlardir.
Dastlabki dalillar bu - da’voli holatga, vaziyatga bevosita ta’sir ko‘rsatish jarayonida shakllanadi va undan ishni ko‘rish jarayonida bu fakt haqida dalil olinadi.
Hosila dalillar bu - boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarni aks ettiradi, masalan, hujjatlarning nusxalari, guvohning ko‘rsatuvlari. Hosila dalillar dastlabki dalillarni aniqlab olish, shuningdek ularni tekshirishda foydalaniladi.
To‘g‘ri dalillar bu - isbotlanayotgan fakt bilan bevosita aloqasi bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan dalillar bo‘lib, ya’ni uning mazmuni orqali ish bo‘yicha isbotlash predmetiga kiruvchi faktlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida xulosa qilish mumkinligi tushuniladi.
Egri dalillar bu - isbotlanayotgan fakt bilan bilvosita aloqaga ega bo‘lgan dalilar bo‘lib, u orqali ish bo‘yicha isbotlash predmetiga kiruvchi faktlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida taxmin qilish mumkin. Isbotlash predmetiga kiruvchi faktni mavjud yoki mavjud emasligi bitta egri dalil asosida aniqlash mumkin emas. Bir egri dalillarning majmuyigina ishonchli ma’lumotlarni berishi mumkin. Demak, egri dalillar yuridik faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida ifodalaydi.
Isbotlash predmeti - moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan faktlar va yuridik faktlar hisoblanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling