Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy sud ishlarini yuritish -


Download 464.55 Kb.
bet4/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish - iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlarning nizo predmeti, nizoning toifalari, nizolashuvchi subyektlar tarkibi, ishning taalluqliligi va sudlovliligi kabi xususiyatlariga ko‘ra iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib hal qilinishiga aytiladi.
Iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish turlari - da'vo tartibida yuritiladigan ishlar; sud buyrug‘ini berishga oid ishlar; bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar; yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar; korporativ nizolar bo‘yicha ishlar; hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar; huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar, chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar.
Iqtisodiy protsess bosqichlari - iqtisodiy sudlarida iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda nizoni hal qilish maqsadida protsessual harakatlarning tizimli va ketma-ketlikda amalga oshirilishi hamda maqsad va vazifalariga ko‘ra bo‘linishiga aytiladi.
Iqtisodiy protsess bosqichlari - birinchi instansiya iqtisodiy sudda ish yuritish; apellatsiya instansiyasida ish yuritish; kassatsiya instansiyasida ish yuritish; nazorat tartibida ish yuritish; iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish; sud hujjatlarini ijro etish.
Iqtisodiy protsessual huquqning prinsiplari - bu qonunda mustahkamlangan, protsessual institutlarning barcha tizimlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy ishlarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishda odil sudlovni ta’minlaydigan asosiy rahbariy qoidalardir.
Iqtisodiy sudning odil sudlovni amalga oshirishi prinsipi - bu iqtisodiy sudning iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, Iqtisodiy protsessual kodeksi va boshqa qonunlar bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshirishidir.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling