Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ish ko'rishning uzluksizligi prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet6/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ish ko'rishning uzluksizligi prinsipi - iqtisodiy sudi ish bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinguncha yoki ishni ko‘rish keyinga qoldirilguncha boshqa ishlarni ko‘rishga haqli emasligi tushuniladi.
Iqtisodiy ishlarini yakka va hay’at tomonidan ko‘rilishi prinsipi - iqtisodiy sudlarida birinchi instansiya bo‘yicha ishlar sudyaning yakka o‘zi tomonidan, apellatsiya, kassatsiya, va nazorat instansiyalarida uch yoki undan ortiq toq nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rilishi tushuniladi.
Sudda ishni ko‘rishning bevositaligi prinsipi - iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda ish bo‘yicha dalillarni bevosita tekshirishi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatmalarini, ekspertlarning xulosalarini eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishi shartligi tushuniladi.
Erkin huquq prinsipi - bu o‘zining yoki boshqa shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy protsessni vujudga keltirish, harakatlantirish va tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual huquqlardan foydalanish erkinligidir.
Taraflarning protsessual teng huquqliligi prinsipi - bu taraflarning qonunda mustahkamlangan o‘z huquq va erkinliklarini sudda himoya qilishning protsessual vositalardan foydalanishda sud tomonidan protsessual imkoniyatlarning ta’minlanishi, shuningdek boshqa tarafning fikr va mulohazalariga e’tiroz bildirish imkoniyatidir.
Tortishuvchilik prinsipi - bu ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni isbotlash yo‘li bilan o‘z talab va e’tirozlarini sud oldida bildirish, barcha protsessual harakatlarda ishtirok etish va hal qilinishi lozim bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilish, shuningdek sudga ish holatlarini aniqlash hamda tegishli dalillarni to‘plashda faol yordam ko‘rsatishdagi huquq va majburiyatlari yig‘indisidir.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling