Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet5/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Qonuniylik prinsipi - bu sudya, ishda ishtirok etuvchi va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, shuningdek fuqarolik sud ishlarini yuritishda ishtirok etayotgan barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shartligi tushuniladi.
Qonun va sud oldida tenglik prinsipi - iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligi, kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirilishidir.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi - iqtisodiy sudda sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib borilishi, sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilarining tarjimon yordamida ishga taalluqli materiallar bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish hamda o‘z ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanishi, turli davlatlarning korxona, muassasa va tashkilotlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolari sudning ajrimiga binoan taraflar uchun maqbul tilda olib borilishi tushuniladi.
Sud hujjatlarining majburiyligi prinsipi - bu sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida ijro etilishi shartligi hamda iqtisodiy sud qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuniladi.
Og‘zakilik prinsipi - iqtisodiy sudlarida ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini
tushuntirishlari, ko‘rsatuvlari, xulosalarini og‘zaki ravishda ifoda etishi
tushuniladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling