Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet11/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ish yuritishni to‘xtatib turish - ishning hal etilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar paydo bo‘lganligi munosabati bilan ularni bartaraf etguncha protsessual harakatlarni noma’lum muddatga to‘xtatib turilishidir.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori - bu iqtisodiy sudi birinchi instansiyasining sud hujjati bo‘lib, da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy- huquqiy talabini mazmunan hal qiladigan iqtisodiy sud ish yurituvidagi taraflarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari va buzilgan, shuningdek bahsli huquqlarini himoya qiladigan sud hujjati hisoblanadi.
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.
Kuzatuv - iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomili.
Sud sanatsiyasi - tiklash tusidagi taomil hisoblanib, qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxslarning qarzdor korxonaning to'lovga qobiliyatliligini tiklash va qarzdor faoliyatini boshqarishni qarzdor rahbarining o'zida qoldirish yo'li bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirish maqsadida murojaat qilish natijasida kreditorlar yig'ilishi tomonidan qabul qilingan qaror asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi. Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud kuzatuvi va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi harakatlari ustidan nazorat ostida amalga oshiriladi.
Kelishuv bitimi - taraflarning sud nizosini o'zaro yon berish asosida tugatish to'g'risidagi bitimi. Kelishuv bitimi bankrotlik to'g'risidagi ishlarning har qanday bosqichida kreditorlar yig'ilishining barcha kreditorlar umumiy ovozining ko'pchilik ovoz berishi orqali qabul qilingan qarori asosida tuzilishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling