Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquqning umumiy qismi


Download 464.55 Kb.
bet15/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquqning umumiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 1-bo‘limiga kirgan “Umumiy qoidalar”ga bag'ishlangan normalar (1-16-boblar)ni o‘z ichiga qamrab oladi. Unga ko‘ra, “Asosiy qoidalar” deb nomlangan 1-bob; “Iqtisodiy sud ishlarini yuritish prinsiplari” deb nomlangan 2-bob; “Sudning tarkibi” deb nomlangan 3- bob; “Sudyani va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini rad qilish” deb nomlangan 4-bob; “Iqtisodiy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi” deb nomlangan 5-bob; “Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari” deb nomlangan 6-bob; “Dalillar va isbotlash” deb nomlangan 7- bob; “Da’voni ta’minlash” deb nomlangan 8-bob; “Ish yuritishni to‘xtatib turish” deb nomlangan 9-bob; “Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish” deb nomlangan 10-bob; “Ish yuritishni tugatish” deb nomlangan 11-bob; “Sud xarajatlari” deb nomlangan 12-bob; “Protsessual muddatlar” deb nomlangan 13-bob; “Sud jarimalari” deb nomlangan 14-bob; “Sud xabarnomalari va chaqiruvlari” deb nomlangan 15-bob; “Kelishuv bitimi” deb nomlangan 16-bob normalaridan iborat.
Umumiy qismda ko‘rsatilgan yuqoridagi normalar va ularda ifodalangan protsessual institutlar, protsessual harakatlar maxsus qismga tegishli normalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ishlarni hal qilishda to‘liq tatbiq etiladi.
Iqtisodiy protsessual huquqning maxsus qismida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 2-bo‘limiga kirgan “Birinchi instansiya sudida ish yuritish”ga bag'ishlangan normalar (17-30-boblar)ni; 3- bo‘limiga kirgan “Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish”ga bag'ishlangan normalar (31-33-boblar)ni; 4-bo‘limiga kirgan “Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish”ga bag‘ishlangan normalar (34-37-boblar)ni; 5-bo‘limiga kirgan “Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro etish”ga bag'ishlangan normalar (334-347-moddalar)ni o‘z ichiga qamrab oladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling