14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining raisi hamda rais o‘rinbosarlari — fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlarining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat bo‘ladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati;
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Iqtisodiy protsessual huquqining maxsus manbasi sifatida 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan va 2018-yil 1-apreldan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini ko‘rsatish mumkin. Mazkur kodeks bevosita 5 ta bo‘lim, 37 bob, 347 moddadan iborat bo‘lgan normalarni o‘z ichiga olgan. Ushbu manbaning xususiyati shundaki, bevosita mazkur Kodeksda ifodalangan normalar orqali iqtisodiy sudlar faoliyati huquqiy tartibga solinadi, jumladan ushbu manbada ish bo‘yicha da’vo arizasi (ariza) ni ish yuritishga qabul qilishdan boshlab, sudga tegishli nizoli (nizosiz) talabni hal qilish va ish bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli sud qarori chiqarish hamda uning ijrosini ta’minlashgacha bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishning protsessual tartibi qat’iy mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |