Tadqiqot ishining maqsadi O‘zbekiston Respublikasida insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tahlil qilish va mazkur sohani takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot ishi oldiga quyidagi vazifalarning bajarilishi belgilab qo‘yilgan:
Insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning nazariy metodologik tahlil qilish;
Insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asoslarnini tahlil qilish;
Insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini xalqaro huquqiy jihatlari va inson huquqlari va erkinliklari tizimidagi o‘rnini aniqlash;
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqqa bo‘lgan huquqni taʼminlashning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini yoritib berish;
O‘zbekiston Respublikasida insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini taʼminlash sohasidagi boshqaruvning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish;
Mamlakatimizda insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini taʼminlashda davlat-xususiy sherikchilik institutini tatbiq qilishni takomillashtirish masalalarini o‘rganish;
Ushbu sohada qonun ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining obyekti – O‘zbekiston Respublikasida insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini taʼminlash bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi..
Tadqiqot ishining predmeti O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini taʼminlovchi xalqaro aktlar va milliy qonunchilik bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti, Konstitutsiyaviy huquqda mavjud bo‘lgan konsertual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |