Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi abdulloyeva firuza maxmudovna


Download 437.34 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi437.34 Kb.
#1501942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdulloyeva Feruza BMI

Tadqiqotning usullari. Tadqiqot olib borishda tarixiy, tizimli-tuzilmaviy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish, induksiya, deduksiya va statistik maʼlumotlar tahlili kabi usullar qo‘llanilgan.
Tadqiqotda ilgari surilgan gipotezalar. Huquqni qo‘llash amaliyotida insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi jarayonida ba’zi muammolar vujudga kelmoqda deb faraz qilindi. Taʼkidlash joizki, mazkur muammolarni kelib chiqishiga asosiy sabab sifatida insonlarning tibbiy xizmatdan foydalanish borasidagi qonun hujjatlarining yaxlit bir tizimga solinmaganligi ya’ni kodekslashtirilmaganligida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Shu sababli, bunday normalarni takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. O‘zbekiston Respublikasida insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini xalqaro aktlar va milliy qonunchilikni o‘rganilganligini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu sohada olib borilgan tadqiqot ishlari konstitutsiyaviy huquq va xalqaro ommaviy huquq jihatdan baʼzi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Tadqiqot ishining nazariy-metodologik va konseptual jihatlari yurisrrudensiyaning turli sohalari nuqtai-nazaridan mamlakatimiz va xorijlik qator olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Ushbu o‘rinda, ular qatoriga Sh.I.Jalilov, B.I.Ismailov, X.T.Odilqoriev, A.X.Saidov, O.T.Xusanov, N.Gafurova, R.A.Xonnazarov, N. X. Burieva, M.N.Umurzakova, D.Turg‘unov, M.Xaydarov, R. N. Amonov, X.N.Safarova kabi mamlakatimiz olimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Insonlarning malakali tibbiy xizmatga bo‘lgan huquqlari bilan bog‘liq nazariy huquqiy muammolarni monografik tadqiqot tarzida o‘rgangan MDH mamlakatlari olimlari qatoriga Yu.R.Lisitin, Belousova A. A., N.I.Vishnyakov, E.O.Danilov, V.V.Grishin, V.Yu.Semenov, I.V.Rolyakov, O.R.Sherin, A.L.Lindenbraten, N.F.Gerasimenko, Yu.M.Komarov kabilarni kiritish mumkin.
Evrora va Uzoq xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan so‘ngi yillarda bir qator yirik tadqiqotlar eʼlon qilingan. Xususan, Toebes B., Ng M. K., Rumbold B., Magnusson R., Sshober R., Sshwarte L. A., Kirbu J. B., Sharma R., Halrern N., Newham R., Sohen J., Ezer T va boshqalar4.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining u yoki bu masalalarini tahlil qilish va mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan bir qator tadqiqotlar o‘tkazilganligini ham eʼtirof etish zarur. Jumladan, jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish masalalari (B.Mamatqulov, T.G.Tulshinskiy, E.A.Varavikova), sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish modellarining jahon amaliyotida qo‘llanishining o‘ziga xosligi masalalari (N.X.Burieva, M.N.Umurzakova), sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning demografik omillari (D.Turg‘unov), sog‘liqni saqlash tizimida mehnatga haq to‘lash masalalari (M.Xaydarov), tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatini muvofiqlashtirish masalalari (R.Muminov), tibbiyot axborot tizimlarining yaratish zarurati masalalari (X.J.Raximboev) va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Download 437.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling