Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi abdulloyeva firuza maxmudovna
Download 437.34 Kb.
|
Abdulloyeva Feruza BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
- “O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi” yoxud “O‘zbekiston Respublikasining Tibbiyot kodeksi”
- Beshinchidan
Birinchidan, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar yangi formatda “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” olib borilayotganligini tibbiyot sohasida inson huquqlarini va erkinliklarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, malakali tibbiy yordam olish huquqi – fuqarolarga davlat va xususiy sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan dastlabki va shoshilinsh tibbiy muolaja bo‘lib, u berul tarzda amalga oshiriladi va bemorning sog‘ligini saqlashga qaratilgan eng zaruriy hamda birinshi tibbiy harakatlarni milliy rrotokollar yoki standartlarga olish huquqini qamrab oladi. Uchinchidan, sog‘liqni saqlash huquqi – har bir insonning irqi, jinsi, millati dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy yoki ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar jismoniy va ruhiy salomatlikdan foydalanish bo‘yisha tabiiy huquqidir. To‘rtinchidan, insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishda xususiy sheriklikning yanada rivojlanayotgani, jumladan, hududlarda tibbiyot klasterlarining shakllanayotganligi, oilaviy shifokorlik bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berilayotganligini, ayniqsa, aholining tibbiy xizmatdan foydalanish uchun xususiy klinikalarga murojaat qilishi tobora ortib borayotganligini inobatga olgan holda bu sohani tartibga solishning huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash va aholini sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlash lozim. Insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: Birinchidan, insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish borasidagi xorijiy va mahalliy olimlarning fikrlari qo‘llab quvvatlandi. Ikkinchidan, mamlakatimizda insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan huquqlari tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi va undan keyingi davrlarda bu yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek ushbu soha 500 dan ortiq normariv-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda. Mazkur sohadagi barcha normariv-huquqiy hujjatlarlarni bir tizimga solish ya’ni tizimlashtirish lozim. Bu borada taniqli huquqshunos olimlarimiz tomonidan ham ilgari surilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi” yoxud “O‘zbekiston Respublikasining Tibbiyot kodeksi”ni qabul qilish vaqti keldi deb hisoblaymiz. Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga “Fuqarolarning sog‘ligini saqlashdagi majburiyatlari” bo‘yicha alohida modda kiritish lozim. Bunda fuqarolarning majburiyatlari qatoriga o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, yuqumli kasalliklari haqida xabar berish va tarqatmaslik, shifokorlarga xurmat bilan munosabatda bo‘lish, shifokor tavsiyalarini bejarish, shifokor savollariga to‘liq va rost javob berish, sug‘urta badallarini to‘lash kabilarni kiritish lozim. To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining nikoh uchun yoki boshqa zarur hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni hanuzgacha doimiy yashash joyi bo‘yicha amalga oshirilayotganligi fuqarolar uchun ba’zi qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda. Propiska tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur normani bekor qilish aholimizni mamlakatimizning istalgan nuqtasidan turib malakali tibbiy xizmatdan foydalana olish huquqini amalga oshirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Beshinchidan, aholining tibbiyot sohasida, ayniqsa, tibbiy huquq va majburiyatlarini bilish va ularga rioya qilish darajasi hamon pastligicha qolmoqda. Mazkur muaommoni qisman bo`lsa ham hal qilish maqsadida, barcha insonlar uchun sog`liqni saqlash tizimiga oid qonunchiliklar hamda huquq va majburiyatlardan boxabar qilib turadigan elekrton dastur (smartfonlar uchun)ni ishlab chiqish va ishga tushurish lozim. Download 437.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling