Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi abdulloyeva firuza maxmudovna


Download 437.34 Kb.
bet7/13
Sana16.06.2023
Hajmi437.34 Kb.
#1501942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Abdulloyeva Feruza BMI

Birinchidan, davlat tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida huquq va erkinliklarni taʼminlash va amalga oshirish sheklangan vaqt ishida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, fuqaro butun umri davomida sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olishga konstitutsiyaviy huquqqa ega, lekin undan qisqa vaqt davomida foydalanadi.
Shu bilan birga, ushbu huquq boshqa shaxslarga o‘tkazilmaydi va meros orqali qoldirilmaydi ham. Aynan shu bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va erkinliklarni amalga oshirish chegaralarini ko‘rish mumkin. Bunday holda, subektiv huquqning egasi subyektiv huquqqa xos bo‘lgan, uning mavjud bo‘lgan davrlari bilan belgilanadigan imkoniyatlarnigina amalga oshirishi mumkin.
Ikkinchidan, fuqarolarning sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi boshqa konstitutsiyaviy huquqlar bilan, masalan, yashashga konstitutsiyaviy huquq bilan uzviy bog‘liqdir.
Ushbu konstitutsiyaviy huquq kasb turiga, biologik, iqlimiy va boshqa omillarga bog‘liq. Subyektiv huquqdan qatʼi nazar, siz kasallikni meros qilib olishi mumkin, shu bilan birga, inson malakali tibbiy yordam olish orqali o‘z huquqidan foydalanishi ham mumkin.
Shu bilan birga, badavlat odam davlat tomonidan kafolatlangan fuqarolarning sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash usulini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Chunki, u nafaqat davlatning tibbiy xizmatlaridan, balki xususiy tibiiyot muassasalari va xorijiy davlatlarning tibbiy xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega.
Uchinchidan, fuqarolarning sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari nisbiy xususiyatga ega, chunki u ko‘plab muhim omillar, masalan, atrof-muhit, mehnat xavfsizligi, dam olish va boshqa omillar bilan o‘zaro taʼsir qiladi65.
Yuqoridagi malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishning subyektlaridan biri sifatida uni ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tuzilmalar namoyon bo‘ladi. Ushbu sohani boshqaruvchi O‘zbekistondagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatiga eʼtibor qaratsak.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini taʼminlovchi davlat boshqaruv organlarining aniq ro‘yxati va vakolatlarini belgilab beruvchi maxsus qonun hujjati sanaladi.
Jumladan, qonunning 4-moddasida ushbu sohadagi umumiy vakolatli organ va sog‘liqni saqlash sohasini barqaror rivojlanishini taʼminlovchi organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasidagi vakolatlari belgilangan.
Shulardan eng muhim vakolatlarni ko‘rsatib o‘tsak. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini; fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasidagi davlat siyosatini; sog‘liqni saqlash davlat tizimini boshqarishni; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sug‘urtasining tayansh dasturlarini tasdiqlashni; fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam ko‘rsatishda va ularni dori vositalari bilan taʼminlashda imtiyozlar belgilashni va boshqalar ko‘rsatilgan66.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari zamon talablaridan kelib shiqqan holda 2019-yil 10-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunda yuqoridagi maxsus qonunda nazarda tutilmagan vakolatlar va javobgarlik belgilangan.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonuning 11-moddasida ijtimoiy sohadagi vakolatlaridan biri sifatida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma uchun ochiqligini oshirish, aholi sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Ko‘rinib turibdiki, Vazirlar Mahkasi faoliyatiga oid maxsus qonunda sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim vakolatlardan biri sifatida tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma uchun ochiqligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish kabilar belgilangan. Bizningsha, ushbu vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus qoidalar va huquqiy mexanizmlarni O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida ham mustahkamlash talab qilinadi.
Endi bevosita ushbu sohadagi maxsus vakolatli organ sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining faoliyati va vakolatlarini tahliliga eʼtibor qaratsak.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari belgilab berilgan bo‘lib, ulardan malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq Konstitutsiyaviy huquqlarni ro‘yobga shiqarish bilan bog‘liqlarisha eʼtibor qaratsak.
Jumladan, vazirlik sog‘liqni saqlash va tibbiy sug‘urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi davlat standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamshi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tashkil etadi va boshqalar.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mazkur qonundagi vazirlikning vakolatlari zamon talablariga mos kelmaydi. Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida nizom”da unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni tahlil qilishni o‘zi yetarlidir.
Yana bir muhim masalaga eʼtibor qaratish zarur. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Navbatdagi ushbu sohadagi masʼul davlat hokimiyati organi sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuning 6-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasidagi vakolatlari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlash;
sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo‘la olishini taʼminlash, tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
sog‘liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish va boshqalar67.
Bizningcha, ushbu normadagi amalga oshirishi zarur bo‘lgan vazifalarni vakolat sifatida emas, balki mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiyatlari sifatida belgilash maqsadga muvofiq sanaladi. Bunga sabab, ushbu chora-tadbirlarni vakolat sifatida belgilanishi ushbu davlat hokimiyati organlariga majburiyat yuklamaydi, aksini huquq sifatida baholashga xizmat qiladi.
Bunga yana bir asos sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tez tibbiy yordam tizimining avtogaraj xo‘jaligiga doir talablarga rioya etilishi, uning moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlanganligi, shuningdek, tez tibbiy yordam brigadasi ixtisoslashtirilgan avtotransportining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgardirlar68, deb belgilanganligini ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari doirasiga tegishinsha sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish masalasi kiritilgan69.
Fikrimizcha, Xalq deputatlari Kengashlarining ushbu vakolatlaridan keng foydalanish talab qilinadi. Bugungi kunda rasmiy manbalardan ushbu vakolatdan foydalanish bo‘yicha yetarlicha aniq statistikalar mavjud emas, kengash o‘z faoliyatida ushbu masalalarga lozim darajada eʼtibor qaratish zarur.
Yuqoridagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan tashqari, davlat sog‘liqni saqlash tizimi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuning 8-moddasida davlat sog‘liqni saqlash tizimi belgilab berilgan. Ushbu tizimga eʼtibor qaratsak, unga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmasevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmasevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy eksrertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘ligini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar ham kiradi70.
Eʼtiborli jihati, sog‘liqni saqlash tizimida Sog‘liqni saqlash vazirligidan mustaqil bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi davlat muassasa shaklidagi tashkilotlar ham mavjud bo‘lgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovasion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3894-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashkil etilgan71.
Ushbu qarorga ko‘ra Milliy palataga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi va maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydagi PF-6221-son Farmoni bilan Milliy palata 2021 yil 1 iyuldan unga Vrachlar va farmasevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish Respublika markazini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etililib hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkazilgan72.
Milliy palataning huquqiy maqomiga eʼtibor qaratsak, u yuridik shaxs sanalib, davlat muassasi maqomiga ega bo‘lib, uning vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi:
respublika sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasini, ilg‘or xalqaro standartlar va jahondagi eng yaxshi amaliyotni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
zamonaviy klinik qo‘llanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlar, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqishni tashkil etish, ularning o‘z vaqtida joriy etilishini monitoring qilish;
xalqaro standartlarga javob beradigan sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmasevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ilg‘or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish uchun moliyaviy mablag‘lar jalb etishga, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida yangi tashkilotlar tashkil qilishga ko‘maklashish va boshqalar.
Milliy palata vrachlar va farmasevtlarga litsenziya berish va attestasiyadan o‘tkazish Respublika markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Bulardan ko‘rinib turibdiki, Milliy palatani ayrim funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmalarini takrorlash sanaladi, bundan tashqari bizningcha ushbu Milliy palatani qayta tashkil qilgan holda uni quyidagi shaklda trasformatsiya qilish taklif qilinadi.
Bizningcha, Milliy palatani nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil qilgan holda, asosiy vazifasi sifatida tibbiyot xodimlarining obro‘sini, ushbu kasb nufuzi va mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish, tibbiy xizmatlarning sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, tibbiy standartlarni ishlab chiqishda qatnashish, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdirish, korrupsiya ko‘rinishlariga barham berish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni belgilash.
Yana bir muhim masala, “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunda “Davlat sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro hamkorlik” va “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat organlari va jamoat birlashmalarining idoralaro hamkorligi to‘g‘risida” ning huquqiy asosi yaratilmagan. Bu, albatta, davlatning sog‘liqni saqlash siyosatida idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va davlatlar hamkorligini amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni va maʼmuriy to‘siqlarni keltirib chiqaradi.
Hozirgi zamonaviy bosqichda ko‘p mamlakatlarda maqjud resurslardan oqilona foydalanib, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish siyosati amalga oshirilmoqda.Xalqaro hamkorlik ushbu jarayonni osonlashtirishga yordam beradi, jumladan iqtisodiy sog‘liqni saqlash tizimida tajriba almashish va sog‘liqni saqlashga qo‘shimsha resurslarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish imkonini beradi. 73
Pandemiyaning asoratlarini jumladan, kasallikni dunyo miqyosida tarqalishi, kasallikni chegara bilmasligi, mamlakatlar yakka o‘zi bu global muammoni hal qila olmasligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Shu sababli xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sog‘liqni saqlashda vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari va sog‘liqni saqlash tizimini subyektlariga erkinlik berish va bu sohada ustuvor yo‘nalishlarni belgilab qo‘yish lozim.
Yana bir muhim masala, sog‘liqni saqlash tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarining yetarlicha joriy etilmaganligi, tibbiyot hujjatlarining juda katta hajmi qog‘oz shaklida yuritilishi malakali tibbiy xizmatni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilichiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 6-noyabrda o‘tkazilgan video selektor majlisida, shifokorlar ish kunining 60 foizini hisobot to‘ldirishga sarflayotgani taʼkidlanib, bu jarayonlarni raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi74. Ushbu raqamlar reallik bo‘lib, bugungi kunda milliy tibbiyot tizimini eskicha boshqaruv tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi.
Tibbiyot sohasida boshqaruvni raqamlashtirishning ijobiy jihatlari rivojlangan davlatlarda o‘n yildan buyon samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Xorijiy tadqiqotshilar A.Omotosho va O. Emuouibofarhe tomonidan mamlakatda elektron sog‘liqni saqlash tizimi joriy etilganidan so‘ng sohaning anʼanaviy modeli va tibbiy xizmatlarning yangi modeli o‘rtasidagi asosiy farqlar tibbiy xizmatning sifati va maqsadida namoyon bo‘ldi, degan xulosa ilgari surilgan75.
«Elektron sog‘liqni saқлaш» kompleksining eng asosiy tarkibiy qismi «Yagona elektron tibbiy karta» (YETK) axborot tizimidir. YETK axborot tizimi bu – tibbiy kartalar yordamida vakolatli foydalanuvchilarga tezkor va xavfsiz maʼlumotni taqdim etadigan, real vaqt rejimida ishlovshi, bemor to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zida saqlovshi tizimdir. Tizim odatda bemorning tibbiy tarixi, tashxis va davolash, dorilar, allergiya va immunizatsiya, shuningdek rentgenologik tasvirlar va laboratoriya natijalarini o‘z ichiga oladi. Ular anʼanaviy qog‘ozda yozilgan tibbiy yozuvdagi maʼlumotni raqamli holga keltirish orqali kengaytiradi, shu bilan ularni izlash, tahlil qilish va boshqa vakolatli tomonlar bilan bo‘lishish osonlashadi. YETK axborot tizimi tibbiy yordam runktida bemorlarga tezkor, keng qamrovli va o‘z vaqtida maʼlumot berish orqali bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashni qo‘llab-quvvatlash orqali umumiy sog‘liqni saqlashda muhim rol o‘ynaydi76.
Yuqoridagilar asosida quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin:
1. 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan davlat boshqaruvining zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
2. Xalqaro standartlar asosida tibbiyot xizmatlarning sifatini baholash, ushbu tizimda boshqaruvning saviyasini belgilash bo‘yicha aholining sog‘liqni saqlash sifatidan qoniqqanligini baholash mexanizmlarini joriy etish;
3. Davlat va nodavlat sog‘liqni saqlash tuzilmalarining faoliyati uchun jamoatchilik nazoratini kushaytirish maqsadida NNTlar tashkil qilish;
4. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tibbiyot uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatadigan va ularni metrologik tekshiradigan hududiy xizmatlarni tashkil etish;
5. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish, ularni sarflanishini ochiqligini taʼminlash uchun OAV orqali elektron sarf-xarajatlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.



Download 437.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling