Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi abdulloyeva firuza maxmudovna


II BOB. MAMLAKATIMIZDA INSONLARNING MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN FOYDALANISH HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA ISTIQBOLLARI


Download 437.34 Kb.
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi437.34 Kb.
#1501942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdulloyeva Feruza BMI

II BOB. MAMLAKATIMIZDA INSONLARNING MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN FOYDALANISH HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA ISTIQBOLLARI
2.1. O‘zbekiston Respublikasida insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini taʼminlash sohasidagi boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari
Insonlarning sog‘ligini saqlash barcha zamonlarda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Insonlar dastlab turli kasalliklardan davolanish maqsadida o‘z hududidagi tabiblarga murojaat qilgan bo‘lsa keyinchalik o‘z sohasining yetuk mutaxassislariga murojaat qilishga ehtiyoj seza boshladi. Bu boradi XI asrda yashagan buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning xizmatlari alohida e’tirofga loyiq. Zero, Evropa universitetlarida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobini XVII asrga qadar asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitib kelingani hozirda hech kimga sir emas.
Mamlaktimiz mustaqillikka erishgandan keyin 1993-yil 7-mayda ta’sis etilgan eng dastlabki davlat mukofoti ham aynan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni edi. Ushbu ordenni tashkil etish to‘g‘risidagi qonunda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta’minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi, shuningdek “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkinligi54 belgilangan.
Mamlakatimiz milliy taraqqqiyotining yangi bosqichida ham aholining salomatligini ta’minlash va ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya atrofida ularning sog‘ligini saqlashga alohida e’tibor qaratildi. Buni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Biz uchun bebaho boylik bo‘lgan inson salomatligini asrash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning birlamchi bo‘g‘inidagi bo‘linmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatadigan, ixtisoslashgan maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish Hukumatning e'tibor markazida bo‘lishi darkor”55.
Insonlarning sog‘ligi nafaqat o‘zlari uchun balki, davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiyoti uchun qanchalik dolzarb ekanligiga pandemiya davrida yana bir bor guvoh bo‘ldik. Malakatimizda sog‘liqni saqlash tizini barqarorligi va uning sifatini taʼminlash ko‘p jihatdan samarali davlat boshqaruv tizimiga va innovasion yondashuvlarni ushbu sohaga joriy etishga bog‘liqdir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, davolash inson salomatligini taʼminlashning 10 foiz omili, xolos. Irsiy omillar 15 foiz, atrof-muhit 20 foiz, eng asosiysi, turmush tarzi 55 foizni tashkil etadi. Koronavirus kasalligi ham noto‘g‘ri turmush tarzi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi56. Bu o‘z navbatida ushbu sohada to‘g‘ri boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yilganligi bilan ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Jahonda sog‘liqni saqlash tizimi manbalarini to‘g‘ri tashkillashtirish va taqsimlash, moliyalashtirish modellarini yaratish va ortimallashtirish borasida katta tajriba to‘plangan. Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishda uning samaradorligini oshirish va xarajatlarning takrorlanishini bartaraf etish maqsadida yetakchi mamlakatlar aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishni qamrab olishni kengaytirish, mablag‘lar manbalarini rasionalizasiya qilish, ularni taqsimlash usullarini takomillashtirishga intilmoqda57.
2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida sohada milliy qonunchilikni takomillashtirish, tibbiyot sohasida zamonaviy boshqaruv tizimi va hududlarda “klaster” modelini shakllantirish, moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommaborligini oshirish, onalik va bolalik muhofazasini kushaytirish xususiy tibbiyot, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va tibbiy turizmni rivojlantirish orqali investitsiyalarni keng jalb etish, farmasevika tarmog‘i, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tibbiyot fanini rivojlantirish hamda elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy etish kabi ustuvor vazifalar etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF–5590-son Farmonida sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va rejalashtirish bo‘yicha konsepsiya hamda strategik maqsadlarning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar to‘liq bo‘lmagan shaklda amalga oshirilmoqda, bu esa aholining tibbiy yordam sifatiga doir istak va talablariga javob bermayotganligi58 ko‘rsatib o‘tilganligini, ushbu sohadagi davlat boshqaruvni takomillashtirish masalalarini dolzarbligidan dalolat beradi.
Qayd etish zarurki, jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etish uchun sohada boshqaruvni xalqaro andozalar talablari darajasiga olib chiqish birinchi galdagi vazifa sanaladi.
Bugungi kundagi sohadagi muammolar Sog‘liqni saqlash tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasini funksional vazifalar va javobgarlik sohalarini aniq belgilagan holda takomillashtirish zaruratini qo‘ymoqda.
R.N.Amonov to‘g‘ri taʼkidlab o‘tganidek, “Mamlakatning mustahkam va barqaror sog‘liqni saqlash tizimini malakali shifokorlar, zamonaviy tibbiyot uskunalari va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Barcha sohalar kabi sog‘liqni saqlash tizimida ham axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash natijasida samaradorlik, barqarorlik, tezkorlik, va aniqlik singari sifatlarga erishish mumkinligini jahon tajribasi ko‘rsatmoqda”59.
T.V.Eroxina taʼkidlaganidek, aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvining asosiy maqsadi sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, hokimiyat va muassasalar, tashkilotlar butun majmui tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablarini to‘g‘ri bajarilishini tashkil qilish sanaladi60.
Shuni taʼkidlash lozimki, davlat boshqaruvi dastlabki, rahbariy tamoyillarini ifodalovchi prinsiplar majmuiga asoslangan holda davlat boshqaruv faoliyatini amalda namoyon bo‘ladi.
V.A. Alekseev qayd etishisha davlatning insonlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqaruv faoliyati quyidagi kompleks konstitutsiyaviy prinsiplarga asoslanadi:

  • qonuniylik prinsipi;

  • insonrarvarlik prinsipi;

  • demokratizm prinsipi;

  • ochiqlik va shaffoflik prinsipi;

  • sog‘liqni saqlash sohasida hokimiyatlarni bo‘linishi61.

A.A.Moxov taʼkidlaganidek, hududiy boshqaruv organlari ham tegishli boshqaruv organlariga bo‘ysunadi va ularning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tarmoq masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi sog‘liqni saqlash boshqaruv organlariga taʼsir ko‘rsatadi62
Sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmatdan ko‘rsatish sohasidagi davlat boshqaruvida shaxsning huquq va manfaatlaringizni amalga oshirish uchun imkon beruvchi maʼlum qoidalar mavjud. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar subyektlarini insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish manfaatlari yo‘lida muayyan harakatlarni amalga oshirishga majbur qiluvchi qoidalar va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga putur yetkazuvchi harakatlarni taqiqlovchi qoidalar mavjud.
Shaxsning kasallik holatida sog‘liqqa bo‘lgan huquqidan foydalanishdagi faol pozitsiyasi tibbiy muassasaga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun murojaat qilganda yuzaga keladi. Tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan barcha bemorlar sog‘lig‘i haqida maʼlumot olish huquqiga ega bo‘lib, tibbiy muassasa ularga tashxis, tadqiqot va davolash usullari haqida zarur maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.
Aks holda, bemor buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bu huquq kelajakda shu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun muhim ahamiyatga ega.
Shu kabi holatlar bemor va tibbiy muassasa, bemor va shifokor, bemor yoki tibbiy muassasa va davlat yoki sud organlari o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa fuqarolarning qonunda mustahkamlangan huquqlarining subyektivligini belgilaydi.
Subyektiv huquqqa egalik qilish bosqichi uni amalga oshirishdan iborat. Fuqaroning subektiv huquqda mustahkamlangan ijtimoiy imkoniyati ularning sog‘liqni muhofaza qilish borasidagi qonuniy huquqidan foydalanish zarur bo‘lgandagina o‘z hayotiy vaziyatga aylanadi.
Barcha insonlar sog‘ligini muhofaza qilish sohasida o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda tengdirlar. Fuqarolar sog‘ligini saqlash va targ‘ib qilish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarga kirishishda erkindirlar.
Bunday munosabatlar, bir tomondan, mamlakatimiz hududida yashovchi fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va sog‘liqni saqlash sohasidagi vakolatli davlat organlari o‘rtasida vujudga keladi. Bunday huquqiy munosabatlar doimiy, chunki fuqarolar tug‘ilgandan boshlab sog‘ligini muhofaza qilish huquqini doimiy himoya qilishga va himoya qilinish muhtojdirlar.
Mazkur huquqlarni ro‘yobga shiqarishni mexanizmlariga eʼtibor qaratsak. Tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlar bir tomondan bemorlar ikkinchi tomondan tibbiy tashkilotlar, tibbiyot xodimlari o‘rtasida yuzaga keladi. Mazkur munosabatlar vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, ular kasallikni davolash davridagina yuzaga kelishi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, insonlarning o‘zlari o‘rtasida ham sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar paydo bo‘lishi mumkin, ushbu munosabatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari va hurmat qilishida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlar doimiydir.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar insonlarning sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish mexanizmini tavsiflovshi muayyan elementlardan tashkil topgan tizimni shakllantiradi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy mexanizmga jamiyatning ijtimoiy tarkibiy qismi va boshqa ko‘plab omillar taʼsir ko‘rsatadi. Shuning uchun fuqarolarning sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish mexanizmining samaradorligi uchun unga taʼsir etuvchi barcha omillarni sinchkovlik bilan o‘rganish kerak. Ular orasida, yashash sharoiti, odamlarning farovonligi va ularning xulq-atvori ham alohida muhim ahamiyatga ega63.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va erkinliklarning ro‘yobga chiqarilishi ularning kafolatlarini taʼminlash masalalari ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Insonlarning sog‘ligini muhofaza qilish va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish sohasidagi kafolatlarni taʼminlash huquqiy xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga bevosita bog‘liq.
Tibbiy xizmatning umumiy xususiyatlari bilan birga uning huquqiy jihatdan tartibga solish uslubi va shartlari ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Bunday o‘ziga xos xususiyatlarga quyidagilar taalluqlildir:

  • sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarning konstitutsiyaviy xususiyati;

  • tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatning asosiy obyekti – inson organizmi va tegishincha, xizmatning asosiy maqsadi – inson sog‘ligini saqlash va tiklash;

  • yuqori ijtimoiy ahamiyat;

  • ommaviylik;

  • ijrochilarning zarur yuqori professionalligi;

  • fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanish.

Ko‘rsatilgan ushbu xususiyatlar ayrim hollarda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy munosabatlarni tartibga solishning ommaviy-huquqiy tartibga solish elementlarini qo‘llash zaruratini keltirib chiqaradi64.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va erkinliklarning aniqlashtirilishi ularning har bir shaxs tomonidan qo‘llanilish chegaralarini, fuqarolarning sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari va majburiyatlarini belgilashda aks etadi. Ushbu aniqlashtirish jarayoni sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarga oid qonun normalarini belgilash asosida amalga oshiriladi.
Insonlarning sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmatga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish mexanizmi chegaralarini tahlil qilganda quyidagilarni ajratib ko‘rsatish zarur:

Download 437.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling