Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi abdulloyeva firuza maxmudovna


Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini taʼminlashga davlat-xususiy sherikchilik institutini tatbiq qilishni takomillashtirish masalalari


Download 437.34 Kb.
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi437.34 Kb.
#1501942
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdulloyeva Feruza BMI

2.2. Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini taʼminlashga davlat-xususiy sherikchilik institutini tatbiq qilishni takomillashtirish masalalari
2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan yangi formatdagi “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti o‘tkazildi. Mazkur muloqotda aholining sog‘ligini saqlash tizimini isloh qilish, mazkur sohada xususiy sektorning ulushini yanada oshirish maqsadida bir nechta tashabbuslar amalga oshirilishi belgilandi va buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-102-sonli Farmoni va 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-sonli Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-sonli Qaroriga binoan mamlakatimizda yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish amaliyoti qonunchiligimizga kiritildi. Ushbu tajriba dastlab Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etilishi77 belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–2863-sonli qarori sohaga xususiy sektorni jalb qilishning yangi mexanizmlarini joriy qilishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Mazkur qaror bilan belgilab berilgan olti ustuvor yo‘nalishlar orasida xususiy tibbiyot muassasalarining tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qo‘llagan holda, keng aholi qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan xizmatlar ko‘lami va turlarini kengaytirishni har tomonlama rag‘batlantirish masalasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u vazifani bajarilishi davlat va xususiy sektor tomonidan shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga shiqarish mexanizmlarini yaratilishini anglatadi78.
Ushbu yo‘nalishda qabul qilingan yana bir qonun osti hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4290-sonli Qarorini qayd etish zarur.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida davlat xususiy sheriklik tushunchasi, uning loyihasini shakllantirish, amalga oshirish, tender munosabatlarini tartibga solish, sheriklik shartnomasini tuzish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solingan.
Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklikni takomillashtirishga qaratilgan ushbu islohotlar insonlarning sog‘liqqa bo‘lgan huquqini taʼminlashda muhimdir. Bularning barchasi kelgusida faqatgina ushbu sohada davlat sektorini rivojlantirish orqali aholining sog‘lik holatini yuqori darajada ushlab bo‘lmaydi.
2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida sohada milliy qonunchilikni takomillashtirish, tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, xususiy tibbiyot, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va tibbiy turizmni rivojlantirish orqali investitsiyalarni keng jalb etish hamda elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy etish kabi ustuvor vazifalar aks etgan.
Sog‘liqni saqlash tizimida bozor munosabatlari rivojlanishi tibbiy muassasalar tarmog‘ida iqtisodiy shaklning o‘zgarishi, uni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishda ko‘rinadi.
Davlat muassasalari bilan bir qatorda turli mulkchilikka asoslangan tibbiy aksionerlik sohalari, notijorat yoki xususiy tibbiy muassasalar shakllanishi taqozo etiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalar soni ham kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu tibbiyot sohasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada ko‘tarilishi, narxlarning esa arzonlashishiga zamin yaratadi.
2020-yil 18-fevraldagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimsha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan esa, “Asaka” bankiga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash ushun 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratildi. Shuningdek, qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Asaka” ATB bilan birgalikda 2020-yilning 1-oktabriga qadar xalqaro moliya institutlari bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash ushun yana 100 million AQSH dollari miqdorida uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish masalasini ko‘rib chiqdi.
Bular esa, mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 2020-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, bunday obyektlar 5805 tani tashkil etmoqda. Shundan 4751 tasi ambulator va 1054 tasi statsionar sharoitda faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika bo‘yicha 2020-yilda 403 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi, 265 tasi faoliyatini kengaytirdi79.
Mazkur soha muvaffaqiyatli rivojlanishi ushun esa, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan bir-biri bilan raqobat qiluvchi tibbiy muassasalarning vujudga kelishi, tibbiy xizmat bozorini shakllantirish va rivojlantirgan holda xorij investitsiyalari asosida qo‘shma tibbiy muassasalarni tashkil etishni rag‘batlantirish taqozo etiladi80.
Alohida qayd etish kerakki, koronavirus pandemiyasi davrida xususiy tibbiyot tashkilotlari aholining koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lishida jonbozlik ko‘rsatdi. Bugungi kunda 70dan ortiq xususiy tibbiyot tashkilotlari koronavirus infeksiyasi bo‘yisha laboratoriya xizmatlari va 25 dan ortiq xususiy tibbiyot tashkilotlari diagnostika va davolash bilan shug‘ullanmoqdalar81.
Xususiy tarmoqni rivojlantirishda davlat xususiy sherikligi tizimi eng samarador usullardan hisoblanadi. Shu bois har bir sohada davlat xususiy sherikligi asosida tashkil etilgan obʼektlar soni yildan yilga ko‘tarilib borilyarti.
Joriy yilda mamlakatimizdagi 331 ta samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot muassasalarining bo‘sh binolari va yer ushastkalari ro‘yxati shakllantirilib, bu yerlarda davlat xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Gemodializ xizmatlari bo‘yisha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilib, uning birinchi bosqichida tender savdolari Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlaridagi 1100 nafar bemorni qamrab olgan holda o‘tkazish belgilab olindi. Bunda xorijiy investorlar tomonidan 9,8 million AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan.
Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirishni takomillashtirishga oid qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tibbiy ixtisoslik turlari 50 tadan 126 taga ko‘raytirildi. Natijada Toshkent shahrida Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Jizzax shahrida Janubiy Koreya, Farg‘ona, Qarshi shaharlarida va Qumqo‘rg‘on tumanida Hindiston kabi davlatlar bilan qo‘shma klinikalar tashkil etilmoqda. O‘tgan 9 oy mobaynida xususiy tibbiyot muassasalari yana 400 dan ziyodga ko‘rayib, ularning soni 3 ming 860 dan oshgani xususiy tibbiyot muassasalariga berilayotgan keng imtiyoz va rreferensiyalar samarasidir.
O‘tgan davrda Davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yisha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 30 ta loyihalar kelib tushdi va ularning 7 tasi bo‘yisha qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda82.
Bundan tashqari, hozir mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi davlat va nodavlat sektorlariga bo‘linadi. Nodavlat sektor bu tizimning rivojlanmagan bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda yurtimizda 4 mingga yaqin nodavlat tibbiy tashkilot ro‘yxatga olingan. Ularning 67 foizi Toshkent shahrida va viloyatlar markazlarida joylashgan. 83,1 foizini ambulator muassasalar tashkil etadi, jumladan, 44 foizi aholiga stomatologik xizmatlar ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, davlat sog‘liqni saqlash sektorining pulli tibbiy xizmatlarining umumiy hajmi rast darajada. Shunonshi, 2019 yilda rulli tibbiy xizmatlarning umumiy qiymati 800 milliard so‘mni yoki tizimning davlat byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish umumiy qismining 10 foizini tashkil qildi.
Tizim tashkilotlarining moliyaviy mablag‘laridan foydalanish hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organi tasdiqlagan va tegishli moliyaviy boshqaruv organida ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasi tibbiyot muassasasining maʼlum vaqt mobaynida nechta kishini qabul qilish imkoniyati, shifoxona koykalari va bir smenada ambulator-poliklinikaga tashrif buyurganlar sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Davlat resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash nuqtai nazaridan qaraganda, sog‘liqni saqlash tizimini smetali moliyalashtirish jiddiy nuqsonlarga ega. Masalan, mablag‘lar ajratishda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yakuniy natijalari eʼtiborga olinmasligi bu resurslardan oqilona foydalanish imkonini bermaydi va xo‘jalik yuritish xarajatlarini ko‘paytirishga moyillikni kuchaytiradi.
Prezidentimizning 2019-yil 16-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 10-maydagi “Davlat xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni bu sohadagi ishlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Davlat xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan davlat-xususiy sheriklik – davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish ushun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligidir.
Mazkur tushunchani talqin qilish va ushbu institutni sog‘liqni saqlash sohasiga tatbiq qilish bo‘yisha nafaqat milliy olimlarimiz tomonidan, balki so‘nggi o‘n yillikda xorijiy olimlar tomonidan bir qator tadqiqotlar eʼlon qilingan.
Bir guruh olimlar davlat-xususiy sheriklikni kontrakt nazariyasini ilgari surdilar.
Mazkur talqinda davlat-xususiy sheriklik murakkab loyiha sifatida yuzaga keladi, masalan, ko‘pgina alohida masalalarni o‘z ichiga olgan infratuzilma loyihasi (obʼektni qurish va texnik xizmat ko‘rsatish). Bunda davlat ushbu masalalarning barchasini yoki bir qismini xususiy komraniyaga topshirishni hal qiladi va faoliyat yuritish uchun maqbul shartnoma shaklini tanlaydi. Bunda loyiha qismlarga bo‘linadi. Boshqa guruh olimlari (Hernandez-Aguado I., Zaragoza G. A.) davlat-xususiy sheriklikni muayyan loyihani birgalikda amalga oshirish sifatida talqin etishni ilgari surishadi83.
Xalqaro tajribajaga eʼtibor qaratsak, rivojlangan davlatlarda sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlanishi o‘tgan asrning oxirlariga borib taqaladi. M.Torshia, A.Salabrò tomonidan ushbu sohadagi Italiya tajribasiga bag‘ishlangan maqolada qayd etilishicha, “So‘nggi o‘n yilliklar ichida sog‘liqni saqlash tizimlari sog‘liqni saqlash xarajatlarining oshishi va davlat budjetlarining kamayishi hisobiga tez o‘zgarib ketdi. Shunga qaramasdan, ushbu sohadagi boshqaruv, loyihalashtirishga oid muammolar Italiyada kuzatilayotganligi qayd etiladi84.
A.Ballantune va S. Stewart o‘z tadqiqot ishida sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sherikchilikning yangi va istiqbolli yo‘nalishi “big date”dan keng foydalanish masalalarini ko‘rib shiqqan. Ular davlat-xususiy sheriklik sog‘liqni saqlash sohasida katta maʼlumotlarning bazasi ushun tashkil etilgan va maʼlumotlar zanjiri bo‘ylab ishlaydigan sog‘liqni saqlash maʼlumotlarini ishlab chiqarish, maʼlumotlarni tahlil qilish, tadqiqot natijalaridan foydalanish yoki maʼlumotlarning qiymatini yaratish kabi hamkorlarni o‘z ichiga olishi mumkinligini taklif qiladilar85.
M.Hellowell o‘z maqolasida davlat-xususiy sheriklikdan foydalanish milliy va davlatdan yuqori darajadagi idoralar tomonidan maʼqullangan bo‘lsada, qaror qabul qiluvchilar uchun yaxshi natijalar qanday bo‘lishi va bunday natijalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar juda kamligini ko‘rsatib o‘tgan86.
S.Wright, J.Barlow, J. K. Roehrishlar davlat-xususiy sheriklikning asosiy maqsadini davlat nomidan yangi karitalni jalb qilish va tijorat loyihalarini ishlab chiqish imkoniyatlarini joriy etish deb belgilaymiz. Ushbu institutning maqsadi kengaytiriladigan, takrorlanadigan va barqaror biznes modellarini yaratish ushun xizmat qilishini qayd etgan87.
Milliy olimlarimiz ham so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilik masalalarini tadqiq qilganliklarini qayd etish zarur. Jumladan, Y.Aliev88, B.Ochilova89, A.Xo‘janazarov, S.Allamuratov90, S.S. G‘ulomov91 va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Sog‘liqni saqlash sohasida, umuman barcha belgilangan sohalarda davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;
xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
Maʼlumki, davlat sherigi va xususiy sherik teng taraflardir. Davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari manfaatdor shaxslar uchun ochik, shaffof va tushunarli bo‘lishi kerak.
“Davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarida belgilangan davlat-xususiy sheriklikning koidalari va tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.
Xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik prinsipining mazmuni shundan iboratki, xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik tanlovga ko‘ra saralab olish mexanizmlaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik qoidalari hamda tartib-taomillarini amalga oshirishdagi va xolis hamda asoslantirilgan mezonlar asosida maqbul variant foydasiga qarorlar qabul qilishdagi halollik va shaffoflik hisobiga taʼminlanadi.
Davlat-xususiy sherikligining ravnaq topishiga xizmat qiluvchi asosiy prinsiplardan biri bu kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi hisoblanib, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik quyidagilarni taʼminlash orqali kafolatlanadi:
tender tartib-taomillari ishtirokshilari huquqlarining tengligi;
xususiy sherikni tanlashdagi xolislik;
xususiy sherikni tanlashdagi ochiqlik.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik qoidalari va tartib-taomillariga doir talablar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi hamda korrupsiyaning va korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni taʼminlashi shubhasiz jamiyatning ravnaq topishiga olib keladi.
A.Ballantune va S. Stewart o‘z tadqiqot ishida sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sherikchilikning asosiy prinsiplari sifatida to‘rtta o‘ziga xos qadriyatlarni ko‘rsatib o‘tadilar:
jamoatchilik manfaati,
boshqaruv,
shaffoflik va hamkorlik92.
Davlat-xususiy sheriklikning sog‘liqni saqlash sohasidagi maxsus prinsiplarga to‘xtalib o‘tar ekanmiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4290-son qaroriga ilova sifatida keltirilgan Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida Nizomning 3-bandiga murojaat qilamiz, unga ko‘ra:
jamoat manfaatlarining ustuvorligi;
qonuniylik;
davlat-xususiy sheriklik haqidagi maʼlumotlarning ochiqligi va oshkoraligi, davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni tashkil etadigan maʼlumotlar bundan mustasno;
kamsitmaslik, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlarining teng huquqliligi va boshqalar.
Sog‘liqni saqlash sohasida jamoat manfaatlarining ustuvorligi deganda, bajarilayotgan har bir loyiha yoki ilgari surilayotgan konsepsiyaning, avvalo, jamoat manfaatlariga mos kelishi, ijtimoiy jihatdan foydali ekanligi bildiradi, shunki sog‘liqni saqlash sohasida jamoat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizasiyalash, moliyalashtirish va unga xizmat ko‘rsatish kabi xizmatlarning amalga oshirilishi avvalo fuqarolar sog‘ligini saqlashga, yaʼni jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir.
Professor X.T.Odilqorievning fikricha, huquq ijodkorligi jarayoni subyektlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy maʼnosi shundaki, qonun shiqaruvchi organ – parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa organlarning ham faoliyati qonun asosida qatʼiy amalga oshirilishi lozim93.
Shuningdek, “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” nizomning 2-bandiga asosan sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik – o‘zaro tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimi asosida xususiy investitsiyalar va boshqaruv tajribasini jalb qilish hamda xatarlar va majburiyatlarni bo‘lishish va taqsimlash maqsadida, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni hal etishga qaratilgan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida muayyan muddatga huquqiy rasmiylashtirilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik.
Yevropada davlat va xususiy sheriklik loyihalari qurilishning turli sohalarida, shuningdek yirik milliy loyihalarni amalga oshirishda qo‘llanilgan. Misol uchun, Fransiyada davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik konsessiya asosida birinchi marta 1552-yilda kanal qurilishida amalga oshirilgan, ammo bunday hamkorlikdan foydalanish ayniksa XVIII-XIX asrlarda keng tarkalgan.
Buyuk Britaniyada davlat-xususiy sheriklikning asosiy shakli bo‘lgan xususiy moliyaviy tashabbus (PFI)ning qiymati so‘nggi 10 yil ichida 24 milliard funt sterlingni tashkil etadi va keyingi uch yil ichida umumiy qiymati 12 milliard funt sterling bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Yiliga 80 tagacha yangi shartnomalar tuzilmoqda. Britaniya hukumatiga ko‘ra, bunday loyihalar mamlakat budjetini 17% tejashni taʼminlaydi. Umuman olganda, “davlat-xususiy sheriklik” atamasi Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan va inglizcha “public-private partnership” atamasining so‘zma-so‘z tarjimasidir94.
O‘tgan asrning 90-yillar Buyuk Britaniyada sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik asosiy o‘ringa chiqdi, sababi o‘sha davrda hukumat sog‘liqni saqlash sohasiga kam mablag‘ ajratardi. Davlat-xususiy sheriklikni keng ommalashishi natijasida har yili yangi kasalxonalar qurilib, 12 yil ichida taxminan 100 ta bino qurilib foydalanishga torshirildi. Hozirgi kunga kelib dunyodagi eng katta sog‘liqni saqlash tizimi ega davlatning “The Private Finanse Initiative” (PFI) deb nom olgan loyihasiz bunday yirik qurilish komraniyasini amalga oshirishi dargumon edi95.
Germaniyada davlat-xususiy sheriklik loyihalari turli xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Jamoat binolari hisoblangan kasalxonalar, maktablar, maʼmuriy binolar, sport inshootlari va kamoqxonalar qurishda davlat-xususiy sheriklik shartnomasining bir tarafi hisoblangan davlat tashkiloti ko‘p hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini saqlab qolib, davlat maqsadlarida foydalaniladigan obyektni qurish va undan foydalanish huquqini ikkinchi taraf bo‘lgan xususiy investorga o‘tkazishni ko‘zlaydi96.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosining mustahkamligi jamiyat va iqtisodiyotimiz ushun juda muhim bo‘lib, investorlar faolligi va ishonchini oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilinishiga, tom maʼnoda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va jamoat infratuzilmasi sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yaponiyada 80% kasalxonalar xususiy bo‘lib, butun davlat xududida davlat tomonidan ikki yilda bir marta belgilanadigan, yagona tibbiy xizmatlar narxi o‘rnatilgan.97 Shu sababli majburiy sug‘urtadan foydalanuvchi yaponiyaliklar ham davlat, ham xususiy shifoxonalarni tanlashda erkin. Shifoxonalar mijozlarni jalb etish uchun sog‘lom raqobat muhitida shifoxonalarni har tomonlama malakali kadr bilan taʼminlash va zamonaviy texnikalar bilan jihozlashga harakat qiladi.
Bugungi kunda davlat sog‘liqni saqlash tizimi va u bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalari o‘rtasida katta farqni vujudga kelayotganligini tan olish zarur. Lekin, aksariyat fuqarolarimiz xususiy tibbiyot muassasalaridan ko‘ra davlat tibbiyotiga ko‘proq muxtojlikni sezadi. Bu holat, albatta, fuqarolarimizni arzon va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish ehtiyoji va huquqlari bilan bevosita bog‘liqdir.


XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tadqiq etish konstitutsiyaviy huquq sohasining eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi doirasida quyidagi xulosalar, ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi:

Download 437.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling