Toshkent davlat yuridik universiteti
Sir tutiladigan fan-texnika
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Sir tutiladigan fan-texnika. Ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki
boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda to’plash uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 191-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan. Oshkor etilmagan axborot egasi bu axborotga nisbatan mutlaq huquqqa emas, balki faktik monopoliya mavqeiga ega. Shu sababli ham u faqat boshqalarining g’ayriqonuniy foydalanishidan himoyalanish huquqiga ega, ayni vaqtda, bunday axborotlarni o’zlari mustaqil ravishda yaratgan, ishlab chiqqan, insofli asoslarda olgan shaxslarning undan foydalanishini taqiqlashga haqli emas. Oshkor qilinmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi axborot egasida faktik monopoliya holati vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi va bunda bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarish (uni ro’yxatdan o’tkazdirish, reyestrga kiritish, patent yoki guvohnoma olish, ekspertiza qilish, serfikat olish va h.k) talab etilmaydi. Biroq ba’zi hollarda O’zbekiston hududiga nou-xauni litsenziya asosida olib kirish yoki olib chiqish haqidagi shartnomalarni vakolatli davlat idoralarida ro’yxatdan o’tkazdirish shartligi haqida qoida mavjud. Biroq bunda davlat idorasi zimmasiga nou-xau maxfiyligini saqlash va ta’minlash majburiyati yuklanadi. FKning 1095-moddasida nazarda tutilgan qoidalar mazmuniga ko’ra, oshkor etilmagan axborotni muhafaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo’la olmaydigan ma’lumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu qoida xo’jalik yurituvchi subyektlarning xizmat yoki tijorat siri niqobi ostida har xil suiiste’molliklar, o’zboshimchaliklar va boshqalar manfaatlariga zid harakatlar sodir etishning oldini oladi, unga huquqiy to’siqlar qo’yadi. Xizmat yoki tijorat siri bo’lib hisoblanmaydigan ma’lumotlarga mol-mulkka bo’lgan huquqlar (banklarda omonatga qo’yilgan mablag’lar haqidagi ma’lumotlardan tashqari) va mol-mulk xususida tuzilib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan kelishuvlar, bitimlar, shartnomalar to’g’risidagi ma’lumotlar, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ma’lumotlar, umuman nazorat- kontrol funksiyasini bajaruvchi davlat idoralariga davriy ravishda taqdim etib turiladigan (fuqrolar va yuridik shaxslar tomonidan) har qanday ma’lumotlar, hisobotlar kiradi. Xuddi shu kabi, ilgari oshkora-ommaviy e’lon qilingan ma’lumotlar, shuningdek, har bir shaxs erkin tanishish, bilishni talab qilish huquqiga yoki imkoniyatiga ega bo’lgan ma’lumotlar ham xizmat yoki tijorat sirlari bo’lib hisoblanmasligi lozim. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati haqidagi ayrim ma’lumotlar (masalan, tevarak-atrofni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo’lgan boshqa salbiy faoliyatlarni yashirishning oldini olish maqsadida) oshkor qilinmaydigan axborotlar huquqiy rejimiga ega bo’la olmasligi qonun hujjatlarida alohida pisanda qilib qo’yilgan. Oshkor qilinmagan axborotni muhofaza etish huquqi muddat bilan chegaralanmagan, biroq FKning 98-moddasida nazarda tutilgan shartlar bir vaqtning o’zida mavjud bo’lgan va qat’iy rioya qilingan paytga qadar amal qiladi. Bu shartlarning birortasi mavjud bo’lmasa yoki buzilsa, oshkor etilmagan axborotdan boshqa shaxslarning foydalanishidan himoyalanish huquqi o’z-o’zidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling