Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqni boshqa shaxslarga


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
3 §. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqni boshqa shaxslarga 
o’tkazish tartibi 
Oshkor etilmagan axborotga qonunan egalik qiluvchi shaxs bu axborot 
mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarning hammasini yoki bir qismini boshqa 
shaxsga litsenziya shartnomasi asosida berishi mumkin. Litsenziya olgan shaxsda 
axborotlardan foydalanishga bo’lgan huquq bilan bir vaqtda ushbu axborotdan 
boshqa shaxslarning noqonuniy foydalanishdan muhofazalanish huquqi ham 
vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotlar ichida nou–xauni litsenziya asosida 
o’tkazish keng tarqalgan. Ba’zi adabiyotlarda nou-xau sohibi unga nisbatan mutlaq 
huquqi mavjud bo’lmagani uchun uni boshqa shaxsga topshirish litsenziya 
shartnomasi emas, chunki bunda shartnomaning predmeti bo’lib nou- xaudan 
foydalanishga bo’lgan mutlaq huquq emas, balki nou- xauning o’zini topshirish 
hisoblanadi, degan qarashlar ham mavjud
154
. Nou-xauni hissadorlik (aksiyadorlik) 
jamiyatlari, mas’uliyati cheklagan jamiyat, qo’shma korxonalar, ustav 
jamg’armalariga egasi tomonidan ulush, hissa, pay sifatida qo’shish hollari ham 
ko’p uchraydi. 
Litsenziya shartnomasining eng asosiy shartlaridan biri - topshirilayotgan 
axborotning maxfiyligini, sirligini saqlashni ta’minlash. Bunda litsenziat 
zimmasiga axborotning konfidensialligini muhofaza qilish yuzasidan tegishli 
choralar ko’rish majburiyati yuklanadi. 
Litsenziat ham oshkor etilmagan axborotlarni uchinchi shaxslarning 
noqonuniy foydalanishidan muhofaza qilinishida litsenziarniki kabi huquqlarga ega 
(noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan zararni undirish, noqununiy 
foydalanishni to’xtatishni talab qilish huquqi va hokazolar). 
Ma’lumki, litsenziya shartnomasi ma’lum muddat davomida amal qiladi. 
Biroq oshkor etilmagan axborot moddiy - ashyoviy emas, g’oyaviy negizga ega. 
Bunday axborot u bilan tanishgan, xabardor bo’lgan shaxsdan begonalashtirilishi, 
xotiradan o’chirib tashlash amalda deyarli mumkin emas. FKning 1097- 
moddasiga ko’ra axborotlarning maxfiyligini saqlash majburiyati, basharti tegishli 
majburiyatlar oshkor etilmagan axborot tariqasida qolaversa, litsenziya 
shartnomasi bekor bo’lganidan keyin ham litsenziat zimmasida qolishi haqidagi 
qoidani nazarda tutadi(agar shartnomada boshqacha kelishilgan bo’lmasa). 
Litsenziyalarning oshkor qilinmagan axborotlarga nisbatan faktik monopoliya 
mavqeini yo’qotish bilangina litsenziatning bu majburiyati bekor bo’lishi mumkin.
154
Гражданское право. Т. 2. –М.: БЕК, 1994. 252-б. 


578 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling