Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Firma nomiga bo’lgan huquqning amal qilishi va uni boshqa


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2 §. Firma nomiga bo’lgan huquqning amal qilishi va uni boshqa 
shaxsga berish tartibi 
Yuridik shaxsning firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqi O’zbekiston 
Respublikasi hududida amal qilishi, e’tirof etilishi, muhofaza qilinishining zarur 
sharti – bu nomning O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat idoralarida 
ro’yxatdan o’tkazdirilganligi va bu haqda dalolatnoma belgilanganligidir. 
Ushbu talabga rioya qilmaslik firma nomiga bo’lgan mutlaq huquq tan 
olinmasligiga sabab bo’ladi. 
Chet davlatda ro’yxatga olingan yoki umume’tirof etgan nomga (masalan, 
Samsung, Boing, Sony, Coca-Cola va hokazo) nisbatan mutlaq huquq O’zbekiston 
Respublikasi hududida quyidagi hollarda amal qilishi mumkin: 
a) agar bu O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro Konvensiyalar, 
bitimlar va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan bo’lsa; 
b) agar bu O’zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o’rtasidagi ikki 
tomonlama, ko’p tomonlama shartnomalar, bitimlarda nazarda tutilgan bo’lsa. 
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo’yicha Parij Konvensiyasining 8-
moddasida ko’rsatiladiki, Konvensiyaning ishtirokchisi bo’lish har bir davlat 
boshqa ishtirokchi xorijiy davlatda joylagan firma nomini uning o’zida qayd 
etilgan-etilmaganidan qat’i nazar (qayd etish haqidagi talab majburiyligidan qat’i 
nazar), huquqiy muhofaza qilish, mutlaq huquqini ta’minlashi lozim. 
O’zbekiston Respublikasi Parij Konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi. 
Firma nomiga bo’lgan mutlaq huquq u qayd etilganidan boshlab bemuddat 
amal qiladi. 
Nom egasi bo’lgan shaxs tugatilganidan boshlab yoki uning firma nomini 
belgilangan tartibda o’zgartirish orqali firma nomiga bo’lgan mutlaq huquq bekor 
bo’ladi. Firma nomi o’zgartirilganda bu haqda oshkora-ommaviy e’lon qilinishi 
shart. 
Qonunning 8-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs (litsenziar) o’z firma 
nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonun 
hujjatlariga muvofiq ular o’rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks 
tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi mumkin (masalan, 
FKning 862-moddasida belgilangan franshizing shartnomasini tuzish orqali), 
litsenziya firma nomidan foydalanish hollari, doirasi, buning uchun olinadigan haq 
miqdori, to’lash tartibi va shu kabi shartlarni o’z ichiga olishi lozim. Ayni vaqtda 
shartnomada litsenziar litsenziatga uning zimmasiga firma nomidan foydalanishda 
iste’molchini chalg’itib qo’yish, aldashiga olib kelishni istisno etuvchi choralar 
ko’rish majburiyatini yuklashi va uning bajarilishi ustidan nazorat qilishi lozim. 


582 
Bunday choralar ko’rilmagan taqdirda iste’molchining e’tirozlari litsenziat 
(boshqaning firma nomidan foydalanuvchi)ga emas, balki litsenziarga (firma 
nomining egasiga) qaratilishi mumkin. Litsenziya shartnomasida iste’molchini 
chalg’itishni istisno etadigan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak. 
Firma nomiga bo’lgan huquqning boshqa shaxsga o’tishiga faqat yuridik 
shaxs qo’shib yuborish, qo’shib olish, bo’lish va ajratib chiqarish yo’li bilan qayta 
tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua sifatida sotilgan hollardagina 
yo’l qo’yiladi. 
Yuridik shaxslar qo’shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik 
shaxsga qo’shib olinganda firma nomiga bo’lgan huquqning boshqa shaxsga 
o’tishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxs bo’linganda 
yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma nomiga bo’lgan huquqning 
boshqa shaxsga o’tishi taqsimlash balansiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxsning firma nomiga bo’lgan huquqini begonalashtirish vakolatli 
davlat organida qayd etish va tegishli dalolatnoma berish orqali rasmiylashtiriladi. 
Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs tugatilgan 
yoki uning firma nomi o’zgartirilgan taqdirda, tugatiladi. 
Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga bo’lgan mutlaq 
huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi. 
Agar tovar belgisiga (xizmat ko’rsatish belgisiga), domen nomiga bo’lgan 
huquq firma nomiga bo’lgan huquqdan ilgari olingan bo’lsa, tovar belgisida 
(xizmat ko’rsatish belgisida), domen nomida ushbu firmaning nomidan foydalanish 
firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etilmaydi. 
Firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan 
himoya qilish: 
yuridik shaxsning ishchanlik obro’sini himoya qilish maqsadida sud qarori 
to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish; 
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar 
va o’rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash; 
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar 
va o’rovlardan olib tashlash mumkin bo’lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar 
hisobidan yo’q qilib tashlash; 
kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o’rovlarni firma nomiga bo’lgan 
huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi. 
Firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan 
himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Chet el yuridik shaxslari ushbu qonunda nazarda tutilgan firma nomlariga 
bo’lgan huquqlardan O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 
binoan yoki o’zaro kelishuv prinsipi asosida O’zbekiston Respublikasining yuridik 
shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling