Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Tovar (xizmat ko’rsatish) belgisini boshqa shaxslarga o’tkazish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4 §. Tovar (xizmat ko’rsatish) belgisini boshqa shaxslarga o’tkazish
Guvohnomada ko’rsatilgan tovarlar, ishlar, xizmatlarning barcha guruhlari yoki bir qismiga tovar belgisi qo’yishdan iborat mutlaq huquqni belgi egasi shartnoma asosida boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi (o’tkazishi) mumkin. Shartnomada o’tkazilayotgan huquq hajmi aniq belgilab qo’yilishi lozim. Bunday shartnoma haq baravariga ham, tekin ham tuzilishi mumkin. Quyidagi hollarda tovar belgasiga bo’lgan huquqning boshqa shaxsga berilishiga yo’l qo’yilmaydi: a) agarda bunda tovar haqida iste’molchining yoki boshqalarning chalg’ishiga, yanglishishiga sababchi bo’lishi mumkin bo’lsa; b) agarda bunday tovarni ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi haqida iste’molchining chalg’ishiga, yanglishishiga sababchi bo’lishi mumkin bo’lsa, bunday hollarda Intellektual mulk agentligi tovar belgisiga nisbatan huquqni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni rad etadi. Agarda yuqoridagi holatlar yoki ulardan biri shartnoma tuzilganidan keyin vujudga kelgan bo’lsa, u holda shartnomani bekor qilish haqida talab bilan vakolatli davlat organlari, iste’molchilar uyushmalari yoki boshqa shaxslar murojaat etishlari mumkin. Shartnoma sud tomonidan bekor qilinganda uning bajarilishi natijasida vujudga kelgan yuqoridagi holatlarni bartaraf etish taraflarning zimmasiga yuklanishi lozim. Tovar belgisi egasi bu belgidan foydalanish huquqini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin. Litsenziya shartnomasida litsenziat 587 mahsulotining sifati litsenziar mahsulotining sifatidan past bo’lmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilinayotganligini nazorat etib turishi to’g’risidagi shart bo’lishi lozim. Tovar belgisiga bo’lgan huquqning har qanday asosga ko’ra boshqa shaxsga o’tishi, shu jumladan, uni shartnoma asosida (FK 105-moddasi 1-qismida belgilangan tartibda) yoki huquqiy vorislik tartibida (yuridik shaxslar qayta tashkil etilishi oqibatida) boshqa shaxsga berish Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilmog’i lozim. Ushbu talabga rioya qilinmaslik oqibatlari FKning 1106-moddasida belgilab qo’yilgan. FKning 1106-moddasida tovar belgisiga bo’lgan huquqni boshqa shaxsga o’tkazish haqidagi shartnomalar shakliga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilgan. Bunga asosan tovar belgisiga bo’lgan huquqni boshqa shaxsga berish haqidagi shartmomalar va tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi uchun litsenziya berish haqidagi shartnoma: a) yozma ravishda tuzilishi kerak (bunda bitimlarning yozma shakli haqidagi FKning 107-moddasi talablariga to’liq rioya qilinishi shart); b) Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim (bunda Intellektual mulk agentligi shartnomalarning qonunga, shuningdek, maqsadga muvofiqligini, davlat va jamiyat manfaatlariga xilof emasligini tekshiradi); Intellektual mulk agentligining shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazishni rad etish haqida qarori asoslantirilgan bo’lishi lozim. Bu qaror ustidan shikoyat bilan sudga murojaat qilish mumkin. Tovar belgisiga bo’lgan huquqni boshqa shaxsga o’tkazish haqidagi shartnoma va tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishiga litsenziya berish haqidaga shartnomalarning yozma shakliga va ro’yxatdan o’tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomalarning haqiqiy emasligiga sabab bo’ladi. Bunday shartnomalar FKning 112-moddasi 1-qismiga asosan o’z-o’zidan haqiqiy hisoblanmaydi. Ayni vaqtda ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud bo’lib, u FKning 112-moddasi 2- qismida belgilab qo’yilgan. Bunga asosan agar davlat ro’yxatidan o’tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo’lib, ammo taraflardan biri uni ro’yxatdan o’tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro’yxatdan o’tkazish haqida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim (shartnoma) sud qaroriga muvofiq ro’yxatdan o’tkaziladi. Shartnomani davlat ro’yxatidan o’tkazishdan bosh tortayotgan taraf shartnomani tuzish kechik- tirilganligi tufayli ikkinchi tarafga yetkazilgan zararni to’lashga majbur. Shartnomalarning o’z-o’zidan haqiqiy sanalmasligi oqibatlari FKning 113- 114-moddalarida belgilab qo’yilgan. Bunga asosan shartnoma haqiqiy bo’lmaganida taraflarning har biri shartnoma asosida olgan narsani boshqa tarafga qaytarib berishi, olingan narsani aslicha, natura holida (shu jumladan, olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan xizmat yoki ko’rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo’lmaganida esa, agarda shartnoma haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa, uning qiymatini to’lashi shart. Haqiqiy bo’lmagan shartnoma uning haqiqiy emasligi bilan bog’liq bo’lgan 588 oqibatlardan tashqari, boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emasdir. Binobarin, bunday shartnomalar bo’yicha ijroni talab qilish, shartnoma shartlarini buzganlik uchun tegishli javobgarlikni qo’llash haqida sudga murojaat qilish mumkin emas. O’z-o’zidan haqiqiy bo’lmagan bitim, shartnoma haqiqiy emasligi oqibatlarini qo’llash to’g’risidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qo’yishi mumkin. Sud bunday oqibatlarni o’z tashabbusi bilan qo’llashga haqli. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling