Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Tovar (xizmat) belgisiga bo’lgan huquqni buzganlikuchun
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §. Tovar (xizmat) belgisiga bo’lgan huquqni buzganlikuchun
javobgarlik FKning 1007-moddasida tovar belgisiga bo’lgan huquqni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi, javobgarlik hajmi belgilab qo’yilgan. Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish deganda tovar belgisidan qonuniy asosga ega bo’lmagan holda (tovar belgisi egasi bilan ushbu belgiga bo’lgan huquqni olish haqida shartnoma tuzmasdan yoxud tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olish haqida shartnoma tuzmasdan) tovar belgisidan foydalanish tushuniladi. Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikka yo’l qo’yayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan vaqtdan boshlab, qoidabuzarlikni to’xtatmog’i shart. Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalangan shaxs buning natijasida tovar belgisining egasiga (ba’zi hollarda ushbu tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olgan shaxsga ham) yetkazilgan zararlarni to’lashi shart. Bunda FKning 14-moddasida belgilab qo’yilgan zararni qoplash haqidagi qoidalardan kelib chiqmoq kerak. Tovar belgisi egasiga yetkazilgan zarar, eng avvalo, uning tovar belgisi egasi sifatidagi huquqlarini tiklash uchun qilgan yoki qilinishi lozim bo’lgan xarajatlar, shuningdek, qoidabuzar bunday qoidabuzarlik natijasida yetkazilgan tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida daromad olgan bo’lsa, olingan daromadlar tovar belgisi egasi (ba’zi hollarda tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olgan shaxs)ga undirib berilishi lozim. Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to’xtatish bilan birga, quyidagi harakatlarni ham amalga oshirishga majbur: 1) tayyorlab qo’yilgan tovar belgisi tasvirlarini (etiketkalar, yorliqlar, tamg’alar, muhrlar, reklama prospektlari, shu kabilar) yo’q qilib tashlashi shart; 2) qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki chalg’itib yuborish darajasida unga o’xshashi bo’lgan belgini tovardan yoki uning idishi va o’rovidan yo’qotishi (o’chirib tashlash, qirib tashlash, qirqib tashlash, bo’lib tashlash) shart. Yuqoridagi harakatlarni qoidabuzar o’zi amalga oshirmagan holda sud tomonidan, qoidabuzar hisobidan majburiy tarzda amalga oshiriladi. Agarda qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga o’xshash bo’lgan belgini tovardan, uning idishidan va o’rovidan yo’qotishning iloji bo’lmasa tegishli tovar (idishi, o’rovi) 589 yo’q qilib tashlanishi lozim. Yo’q qilib tashlash qoidabuzar zimmasiga yuklatiladi. Yo’q qilib yuborish usuli yo’q qilib yuborishni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan tanlanadi. Qoidabuzar o’z ixtiyori bilan tovarni yo’q qilib yubormagan taqdirda, yo’q qilib yuborish sud qarori asosida majburiy ravishda amalga oshiriladi. Bundagi sarf-xarajatlar qoidabuzar zimmasiga yuklanadi. Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 177-moddasida javobgarlik belgilangan. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling